Shahlo Raximova Baxtiyorovna

Kafedra mudiri
Dotsent


Raximova Shaxlo Baxtiyorovna Xorijiy tillar kafedrasi mudiri


Katta o'qituvchi Raximova Shaxlo Baxtiyorovana kafedra mudiri lavozimida 2016-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.
Rahimova Shaxlo Baxtiyarovna 1983-yilda tavallud topgan, 2000-2004-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olgan. 2006-2008-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistraturasi talabasi bo‘lgan.
2010-yildan boshlab Nizomiy nomidagi TDPUda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanib kelmoqda. 2010-2015-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Gumanitar ta’lim yo‘nalishlarida chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi, 2015-2016-yillarda Chet tillar kafedrasi dotsenti v.b., 2016-yildan boshlab hozirgi kungacha Xorijiy tillar kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
U mutaxassis sifatida o‘z fanini chuqur biladi va malakasini oshirish uchun o‘z ustida ishlaydi. U ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganib, dars jarayoniga samarali ravishda tatbiq etib kelmoqda. Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llab, mashg‘ulotlarni tashkil etishda axborot-texnologiyalardan foydalanish kompetentligi va mahoratini namoyon qilib kelmoqda.
Sh. Rahimova kafedra va universitetda xorijiy tillarni o‘qitish muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-uslubiy, ilmiy-amaliy anjumanlarning tashkilotchisi va ishtirokchisidir. Ingliz tili mutaxassisi sifatida Britaniya Konsulligi bilan hamkorlikda faol ish olib boradi. 2016-yilda o‘tkazilgan tanlovda “Yilning eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchisi” nomiga ega bo‘lib, Londonga stajirovka yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
U 2016-yil 9-12-mart kunlari Dubay shahrida o‘tkazilgan “The 22 nd Tesol Arabia International Conference and Exhibition” xalqaro konferensiyada “Environmental problems” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etib, xalqaro sertifikat bilan taqdirlangan. Shuningdek, joriy yilning 27-30-mart kunlarida AQShning Chikago shtatida o‘tkazilgan TESOL 2018 International Convention English Language Expo nomli anjumanda “Video dubbing: A key to dialogue in EFL classroom” nomli ma’ruzasi bilan O‘zDJTU Ingliz tili aspektlar nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Mamasoliyeva Mohidil bilan hammualliflikda ma’ruza o‘qib, xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi va kafedraga 12 dan ortiq eng zamonaviy adabiyotlarni taqdim etdi.
Muntazam ravishda OAK tomonidan e’tirof etilgan ilmiy jurnallarda va xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalarni chop etadi. Uning muallifligi asosida 2ta darslik va 1ta o‘quv qo‘llanma nashr etilgan. Ingliz tili fani bo‘yicha o‘quv dasturlari va O‘UM muallifi, 3183-sonli qarorga muvofiq Maxsus sirtqi bo‘limi o‘quv-me’yoriy hujjatlari, o‘quv dasturini yaratishda jonbozlik ko‘rsatdi.
Sh.Rahimova ingliz tili mutaxassisi sifatida 2018-yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat test markazida chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo‘yicha test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi va oylik maoshiga 15% li ustama haqqi belgilandi.
Sh.Rahimova kafedra mudiri sifatida shu yilning 1-yarim yilligi uchun PQ-1875 qarori ijrosini ta’minlash maqsadida CEFR talablariga asoslangan baholash tizimini o‘quv jarayoniga tatbiq etib kelmoqda. Hozirgi 2017-2018- o‘quv yilidan boshlab rus tili faniga ham xuddi shu tartibda baholash tizimini joriy etdi.
Sh.Rahimova jamoat ishlarida ham faol. U universitetda o‘tkaziladigan turli tadbirlarda, ayniqsa, xorijiy mehmonlar ishtirokida tashkil qilinadigan tadbirlarda bilimli tarjimon sifatida qatnashib kelmoqda, kafedradagi innovatsion guruh a’zosi sifatida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi muassasalari bilan innovatsion hamkorlikni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Sh.Raximova kasbiy vazifalarini sidqidildan bajarishi, o‘quv mashg‘ulotlari va ilmiy tadqiqot ishlariga ijodiy yondashishi bilan o‘z kasbdoshlaridan ajralib turadi.




Certificates