Saparov Kalandar Abdullayevich

Tabiiy fanlar fakulteti dekani
Biologiya fanlari doktori, professor


Fakultet dekani biologiya fanlari doktori, professor K.Saparov tomonidan 2017-2018-o'quv yilida yakka va hammualliflikda bir nechta darslik, o'quv qo'llanma, xalqaro va respublika miqiyosidagi nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirildi. Jumladan: O.Mavlonov va N.Toshmanovlar bilan hammualliflikda "Zoologiya" (umurtqasiz hayvonlar) darsligi, S.Dadayev bilan hammualliflikda "Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg'ulotlari" o'quv qo'llanmasi kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.


Saparov Kalandar Abdullayevich 1972-yil 9-mayda Xorazm viloyati Hazorasp tumanida tug'ilgan, millati o'zbek. 1994-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining geografiya-biologiya fakultetini tamomlagan. 1995-yil O'zRFA "Zoologiya" institutiga aspiranturaga qabul qilingan. 2007-yilda «O'zbekistonda tuya gelmintlari Camelus Linnacus 1758ning bioekologik хususiyatlari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2016-yilda O'zRFA akademigi Dj.Azimov ilmiy rahbarligida "O'zbekistonning qushlari va sut emizuvchilar filiariata avlodi faunasi, tarqatilishi va ekologiyasi" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Kalandar Saparov 150dan ortiq ilmiy maqolalar, shu bilan birgalikda 8 ta o'quv va o'quv-uslubiy qo'llanmalar hamda 1 ta monografiya chop ettirgan. Saparov Kalandar Abdullayevich fakultetning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etadi. U xushmuomala, jiddiy va juda iste'dodli pedagog.




Certificates