Akramov Abdumalik Abdumutalovich

Boshlang'ich ta'lim fakulteti dekani
Pedagogika fanlari doktori


Boshlang'ich ta'lim fakulteti dekani. 1975-yilda Namangan viloyatida tug'ilgan. 1999-yilda Nizomiy nomidagi TDPUning Tarix fakultetini tarix-huquqshunoslik o'qituvchisi mutaxassisligi bo'yicha bitirgan. Pedagogika fanlari doktori.


Akramov Abdumalik Abdumutalovich 1975-yil 26-noyabrda Namangan viloyati Chust tumanida tug'ilgan. 1994-1999-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Tarix fakultetida o'qigan. Mutaxassisligi- tarix, huquqshunoslik o'qituvchisi. 1999-2000-yillarda O'zbekiston Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o'tagan. Pedagogika universitetidagi mehnat faoliyatini 2000-yil dekabr oyidan boshlagan.
Dastlab "Davlat va huquq asoslari kafedrasi"da o'qituvchi, Yoshlar tashkiloti yetakchisi lavozimlarida mehnat qilgan. Keyinchalik "Davlat va huquq asoslari kafedrasi" katta o'qituvchisi, Tarix fakultetining o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari, ma'naviyat-ma'rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor vazifasini bajaruvchi, kadrlar bo'limi boshlig'i lavozimlarida mehnat qilgan. 2017-yil 29-noyabrdan boshlab boshlab Boshlang'ich ta'lim va jismoniy madaniyat fakulteti dekani vazifasida ishlab kelmoqda. 2016-yil 6-dekabrda "Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari asosida bo'lajak o'qituvchilari asosida bo'lajak o'qituvchilarda fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishning tashkiliy-metodik asoslarini takomillashtirish" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi hamda Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini qo'lga kiritdi. A.Akramov tomonidan 60 ga yaqin uslubiy qo'llanmalar va ilmiy maqolalar chop etilgan.
2016-yilda "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil" va 2017-yilda "O'zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil" ko'krak nishonlari bilan taqdirlangan. Oilali. 2 nafar farzandi bor.




Certificates