Abduraimov Sherali Saydikarimovich

Sirtqi (maxsus sirtqi) bo'lim boshlig'i
Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)


Sirtqi (maxsus sirtqi) bo'lim boshlig'i


1981 yil 30 iyunda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida tavallud topgan.
Jizzax davlat pedagogika institutini 2003 yil tamomlab bakalavr darajasiga, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 2006 yil magistr darajasiga ega bo‘lgan.
2006-2011 yillar Toshkent davlat pedagogika universiteti "Kasb ta’limi metodikasi" kafedrasida o‘qituvchi, 2011-2013 yillar Kasb ta’limi fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini lavozimlarida o‘z faoliyatini olib borgan.
2014-2017 yillar universitet doktoranturasida tahsil olib, 2017 yil «Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini ta’minlashda tarmoqlararo integratsiyaning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan hamda Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.
2017 yil sentyabr oyidan universitetning Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Uning muallifligida 70 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya, 12 ta metodik qo‘llanma, 3 ta intelektual mulk agentligi patent guvoxnomasi, 15 dan ortiq respublika va 5 ta nufuzli xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar, 20 dan oshiq respublika miqiyosidagi va 10 dan ortiq xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan konferensiyalarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan.
2016 yil Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan «Kachestvo visshego i professionalnogo obrazovaniya v postindustrialnuyu epoxu: sushnost, obespechenie, problemi» mavzusidagi Xalqaro konferensiyada o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, "Eng yaxshi ilmiy maqola" nominatsiyasi bo‘yicha I o‘ringa sazovor bo‘lgan. Bundan tashqari Moskva, Sankt-Peterburg shaharlarida ilmiy tadqiqot ishining muhokamasi yuzasidan ilmiy konferensiyalarda ishtirok etgan.
2017 yil may oyida Xitoy davlatining Sian shahridagi Sian pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan "Buyuk ipak yo‘lidagi davlatlarning ta’lim tizimi hamkorligini rivojlantirish" mavzusidagi Xalqaro konferensiyada va universitetlararo hamkorlik memorandumini imzolashda hamda uni amalga oshirishda faol ishtirok etgan.




Certificates