Djabbarov Gayratbay Farxadovich

fakultet dekani
Fizika-matematika fanlari nomzodi


Jabbarov Gayratbay Farxadovich 1977-yil 15-mayda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 1994-2000-yillarda TDPU fizika-matematika fakultetida o‘qigan. 2000-2002-yillarda TAQIda katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2002-2005-yillarda O‘zRFA matematika instituti aspiranti. 2006-yilda “Lokal sust separabel fazolar va sust additiv musbat bir jinsli funksionallar funktori” mavzusidagi nomzodlik ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2013-yildan Nizomiy nomidagi TDPU fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.


Jabbarov Gayratbay Farxadovich 1977-yil 15-mayda Xorazm viloyati, Xozorasp tumanida tug‘ilgan. 1994-2000-yillarda Nizomiy nomidagi TDPU fizika-matematika fakultetida o‘qigan. 2000-2002-yillarda Toshkent arxitektura-qurilish institutida katta laborant, katta o‘qituvchi lavozimlarida ishlagan. 2002-2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi matematika instituti aspiranturasida tahsil olgan. 2006-yilda “Lokal sust separabel fazolar va sust additiv musbat bir jinsli funksionallar funktori” mavzusidagi nomzodlik ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Ilmiy izlanishlarni olib borish yuzasidan 2004-yil may oyida hamda 2006-yil may oylarida Moskva davlat universitetida ilmiy ma’ruzalar bilan safarda bo‘lgan. Aspiranturada o‘qish davrida Nizomiy nomidagi TDPU talabalariga “Matematik analiz”, “Oliy matematika” va “Geometriya” fanlaridan dars mashg‘ulotlari olib borgan. 2005-yildan 2008-yilgacha Nizomiy nomidagi TDPU Matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi lavozimlarida ishlagan. 2008-2009-yillarda ushbu universitetning fizika-matematika fakulteti dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini lavozimida ishlagan. 2009-2013-yillar davomida Nizomiy nomidagi TDPU Matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
2013-yildan buyon Nizomiy nomidagi TDPU fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.




Certificates