Hurmatli Abituriyent!
Sizga Respublikamizdagi oliy ta`lim muassasalari orasidan bizning Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tanlaganingiz uchun o’z minnatdorchiligimni bildiraman.
Bizning jamoa o’z oldiga zamonaviy bilimlarni egallab, sohaning yetuk mutaxassisi bo’lishni hamda jonajon Vatanimiz ravnaqiga hissa qo’shishni niyat qilgan intiluvchan yoshlarga o’z maqsadlariga Yetishishida ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlaydi va bor imkoniyatlarini safarbar etadi.
2022-2023 o’quv yilida TDPU kunduzgi, kechki va sirtqi ta`lim shakllari bo’yicha 3750 nafar talabani qabul qiladi.