GEOGRAFIYA fanidan onlayn olimpiada tashkil etiladi

Qishki ta’til vaqtini samarali tashkil etish, talaba-yoshlarning geografik bilimlarini rivojlantirish hamda ekologik madaniyatini oshirish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan universitetning barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun 

2022-yilning 22-yanvar kuni 

soat 14.00 da elektron platformada GEOGRAFIYA fanidan onlayn olimpiada tashkil etiladi.

 

Olimpiada bir bosqichdan iborat bo‘lib, test shaklida tashkil etiladi:

 

- 40 ta test savollariga 50 minut vaqt ajratiladi. Baholash 100 balli tizimda amalga oshiriladi;

 

- olimpiadaga elektron platforma orqali o‘zingizning ID kodingiz orqali qatnasha olasiz;

 

- olimpiada g‘oliblari tegishli tartibda sertifikat hamda sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

 

Onlayn olimpiadada faol ishtirok eting va g'olib bo'ling!

 

Izoh: Ushbu olimpiadada Geografiya ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok eta olmaydi.


Ijodkor yoshlar diqqatiga!

24 fevral 2022 yil

1

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.