“Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar respublika tanlovini e’lon qiladi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorlikda talabalar (bakalavriat, magistratura) va yosh tadqiqotchilarning ilm-fan sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar respublika tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) 2022-yilning 1-mart kuniga qadar qabul qilinadi:

👉 texnika va texnologiya;

👉 axborot texnologiyalari;

👉 tibbiyot;

👉 qishloq va suv xo‘jaligi;

👉 arxitektura va qurilish.

☝️Tanlovga 40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov g‘oliblari:

1-o‘rin uchun 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m;

2-o‘rin uchun 20 000 000 (yigirma million) so‘m;

3-o‘rin uchun 10 000 000 (o‘n million) so‘m pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.


Ijodkor yoshlar diqqatiga!

24 fevral 2022 yil

1

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.