Tyutorlar Kengashi a’zolari malaka oshirdilar va sertifikat oldilar

Xabaringiz bor, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi tomonidan tyutorlarning malakasini oshirish bo‘yicha 48 soatlik psixologik o‘quv-seminari tashkil etilgan edi. Malaka oshirish kursida universitetning Tyutorlar Kengashi raisi va a’zolari (bunda 13 ta fakultetning 13 nafar tyutorlar sardori) ikki hafta mobaynida o‘qidilar. O‘quv kurs yakunida ishtirokchilardan imtihon olindi hamda imtihondan o‘tgan barcha tyutorlar sertifikat oldilar. Endilikda malaka oshirish kursida qatnashgan 13 nafar tyutorlar sardorlari o‘zlari olgan bilim va tajribalarini boshqa hamkasb tyutorlariga yetkazadilar. Kelgusida boshqa tyutorlarning malaka oshirish jarayonlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilmoqda.


Diqqat e'lon!

17 may 2022 yil

1

Ijodkor yoshlar diqqatiga!

24 fevral 2022 yil

2

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.