Tabiiy fanlar fakulteti

"Tabiat - inson va butun mavjudotlar yashash sharoitining birdan bir asosidir"

 




Tabiiy fanlar fakulteti 1935-yilda Tabiyot-geografiya fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. Dastlabki yillar fakultet qoshida uchta: botanika, kimyo va geografiya kafedralari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 1937-yil sentabridan Zoologiya kafedrasi tashkil etildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida fakultet vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi va 1944-1945-o‘quv yilida fizika-matematika fakulteti qoshida “Tabiyot-geografiya” bo‘limi ochildi. Bo‘lim qoshida zoologiya, kimyo, botanika, geografiya kafedralari faoliyat ko‘rsatdi. 1953-yilda Tabiyot-geografiya bo‘limi fizika-matematika fakulteti tarkibidan chiqarilib, yangidan mustaqil fakultet sifatida ish boshladi. 1959-yilga kelib esa fakultet qoshida Biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari bo‘limi va qishloq xo‘jalik asoslari kafedrasi ochildi. Fakultet Tabiyot-geografiya va agropedagogika fakulteti nomi bilan atala boshlandi. 1961-yilda V.G.Belinskiy nomidagi kechki Toshkent davlat pedagogika instituti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti bilan birlashtirildi va fakultet qoshida Odam va hayvonlar anatomiyasi va fiziologiya, Iqtisodiy geografiya, Biologiya o‘qitish metodikasi kafedralari ham tashkil etildi. 1963-yilga kelib fakultet qayta Tabiyot-geografiya fakulteti nomini oldi va bu davrda kunduzgi bo‘limda uchta: Kimyo-biologiya, Biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari, Geografiya-biologiya mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlana boshlandi. Fakultetda o‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi akademik Yu.T.Toshpo‘latov; professorlar: R.K.Qodirov, I.A.Qalandarov, R.L.Yugay, R.A.Axmedov, X.Vaxobov, A.Zikriyaev, O.A.Mo‘minov, dotsentlar: I.A.Norbekov, M.K.Xabirova, A.L.Umarova, J.Fayozov, G.R.Asanov, S.M.Xudoyqulov, R.Xudoyberganov, M.K.Xabirova, M.Mirboboev, Q.S.Samadov, M.Uzoqova, M.Usmonov, T.Is’hoqov (20 yildan ortiq dekan o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan), S.X.Fayziyev, U.X.Xoldorov, I.Inog‘omov, T.B.Abdullayev, O.N.Nosirov, M.Mahkamov, T.N.Azimov, M.Alimov, R.Solixov, S.K.Xabirova, M.Salixova, T.T.Oyxo‘jayev, B.Mirtursunov, G‘.S.Usmonov, N.K.Qodirova, katta o‘qituvchilar: S.Bakirxonova, X.Gavsutdinov, M.Abduvahobova, B.Qorabolayev, O.Otaxo‘jayeva, M.Yunusova, Z.Shomuratova, M.Mirvaxidova, A.M.Qo‘chqorov. A.Qo‘chqorov, Z.Egamberdiyev, T.Akromxo‘jayev va boshqalar sermahsul faoliyat olib borgan. Bugun respublikamizning turli hududlarida mehnat qilayotgan, balki keksalik gashtini surayotgan hamkasblarimizni minglab shogirdlar minnatdorchilik so‘zlari bilan yodga oladi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi qo‘lga kiritishi bilan butun mamlakatimiz hayotida bo‘lgani kabi universitet, fakultet jamoasi hayotida tub burilishlar ro‘y berdi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida zamon talablariga javob bera oladigan, erkin fikrlaydigan, har tomonlama barkamol, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida hamda Kimyo, biologiya, geografiya va qishloq xo‘jaligi asoslari ta’lim yo‘nalishlari ochilishi munosabati bilan fakultetdagi kafedralar optimallashtirildi - Biologiya va uni o‘qitish metodikasi, Kimyo va uni o‘qitish metodikasi, Botanika, zoologiya va tabiatni muhofaza qilish, Anatomiya, fiziologiya va gigiyena, Geografiya o‘qitish metodikasi kafedralari tashkil topdi. 1996-yilda Tabiiy geografiya va Iqtisodiy geografiya kafedralari birlashtirilib, Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi, zoologiya va anatomiya, fiziologiya kafedralari birlashtirilib, zoologiya va anatomiya, fiziologiya kafedrasi tashkil etildi. 1997-yilda biologiya yo‘nalishidagi uchta: Zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi; Botanika, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish hamda Biologiya va uni o‘qitish metodikasi-kafedralari birlashtirilib, yangi tashkil topgan kafedraga Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi nomi berildi. 1998-yil 24-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berilishi munosabati bilan fakultet Tabiyot fanlari fakulteti deb nomlangan. 2010-yildan boshlab "Tabiiy fanlar" fakulteti deb yuritilmoqda.


Rahbariyat









Tabiiy fanlar fakulteti dekani Saparov Kalandar Bog`lanish uchun telefon: 276-79-68 Email: saparov.q@tdpu.uz, ka_biologiya@mail.ru

Saparov Kalandar Abdullayevich

Biologiya fanlari doktori, professor

Saparov Kalandar Abdullayevich 1972-yil 9-mayda Xorazm viloyati Xazorasp tumanida oddiy ishchi oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. K.A.Saparov 1989-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti Tabiyot-geografiya fakultetining geografiya-biologiya ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirib, mazkur ta’lim yo‘nalishini 1994-yilda imtiyozli diplom bilan tamomladi. K.A.Saparov ilmiy faoliyatni 1994-yilda Nizomiy nomidagi TDPI Zoologiya kafedrasida ilmiy tadqiqotchi sifatida boshladi.

+998712767968
ka_biologiya@mail.ru

Norberdiyeva Muyassar Sharipovna

Norberdiyeva Muyassar Sharipovna 1992-yil Samarqand viloyatida, ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. 1999-yil 37-sonli o'rta maktabga 1-sinfga qabul qilingan. 2008-yil huddi shu maktabni a'lo baholarga bitirgan. 2008-2011 yillar Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi akademik litseyda tahsil olgan. 2012-yil Toshkent davlat pedagogika universitetiga kontrakt asosida o'qishga qabul qilinib, 2016-yil bitirgan. 2018 yili Navoiy davlat pedagogika institutining kimyo yo'nalishi bo'yicha magistraturaga kontrakt asosida o'qishga qabul qilinib, 2020-yil imtiyozli tarzda bitirgan. 2016-yil Samarqand Viloyati Paxtachi tumani 40-maktabda kimyo fani o'qituvchisi bo'lib ishlagan. 2018-2020 yillar Navoiy viloyati Navoiy shahar 10- maktabda kimyo fani o'qituvchisi bo'lib ishlagan. 2020 yil sentyabr oyidan Nizomiy nomidagi TDPU "Kimyo va uni o’qitish metodikasi" kafedrasiga o'qituvchi bo'lib ishga qabul qilingan.

Tabiiy fanlar fakulteti Yoshlar masalalari va ma'naviy -ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari

Ilmiy darajaga ega emas

+998712767968

Temirov Nurali Orifjonovich

Temirov Nurali Orfjonovish 1990-yil Toshkent viloyatida, ziyolilar oilasida dunyoga kelgan.1996-yil Toshkent viloyati Bo'ka tumani 23-sonli o'rta maktabga 1-sinfga qabul qilingan. 2007-yil huddi shu maktabni a'lo baxolarga bitirgan. 2009-yil Nizomiy nomidagi TDPU universitetiga grand asosida o'qishga qabul qilinib, 2013-yil diplomga bitirgan. Huddi shu yili TDPUning Kimyo o'qitish metodikasi magistratura mutaxasisligiga grand asosida o'qishga qabul qilinib, 2015-yil imtiyozli tarzda bitirgan. 2015-yil Nizomiy nomidagi TDPU "Kimyo o'qitish metodikasi" kafedrasiga o'qituvchi bo'lib ishga qabul qilingan. 2021-yildan Tabiiy fanlar fakulteti o'quv ishlar bo'yicha dekan muovini lavozimiga tayinlangan.

Tabiiy fanlar fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini

Fan nomzodi emas

+998944069803

Tabiiy fanlar fakulteti 1935-yilda Tabiyot-geografiya fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. Dastlabki yillar fakultet qoshida uchta: Botanika, Kimyo va Geografiya kafedralari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 1937-yil sentabridan esa Zoologiya kafedrasi tashkil etildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida fakultet vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi va 1944-1945-o‘quv yilida Fizika-matematika fakulteti qoshida “Tibbiyot-geografiya” bo‘limi ochildi. Bo‘lim qoshida Zoologiya, Kimyo, Botanika, Geografiya kafedralari faoliyat ko‘rsatdi. 1953-yilda Tibbiyot-geografiya bo‘limi fizika-matematika fakulteti tarkibidan chiqarilib, yangidan mustaqil fakultet sifatida ish boshladi. 1959-yilga kelib esa fakultet qoshida Biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari bo‘limi va qishloq xo‘jalik asoslari kafedrasi ochildi. Fakultet Tabiyot-geografiya va agropedagogika fakulteti nomi bilan atala boshlandi. 1961-yilda V.G.Belinskiy nomidagi kechki Toshkent davlat pedagogika instituti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti bilan birlashtirildi va fakultet qoshida Odam va hayvonlar anatomiyasi va fiziologiya, Iqtisodiy geografiya, Biologiya o‘qitish metodikasi kafedralari ham tashkil etildi. 1963-yilga kelib fakultet qayta Tabiyot-geografiya fakulteti nomini oldi va bu davrda kunduzgi bo‘limda uchta: Kimyo-biologiya, Biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari, Geografiya-biologiya mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlana boshlandi. Fakultetda o‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi akademik Yu.T.Toshpo‘latov; professorlar: R.K.Qodirov, I.A.Qalandarov, R.L.Yugay, R.A.Axmedov, X.Vaxobov, A.Zikriyaev, O.A.Mo‘minov, dotsentlar: I.A.Norbekov, M.K.Xabirova, A.L.Umarova, J.Fayozov, G.R.Asanov, S.M.Xudoyqulov, R.Xudoyberganov, M.K.Xabirova, M.Mirboboev, Q.S.Samadov, M.Uzoqova, M.Usmonov, T.Is’hoqov (20 yildan ortiq dekan o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan), S.X.Fayziev, U.X.Xoldorov, I.Inog‘omov, T.B.Abdullaev, O.N.Nosirov, M.Mahkamov, T.N.Azimov, M.Alimov, R.Solixov, S.K.Xabirova, M.Salixova, T.T.Oyxo‘jaev, B.Mirtursunov, G‘.S.Usmonov, N.K.Qodirova, katta o‘qituvchilar: S.Bakirxonova, X.Gavsutdinov, M.Abduvahobova, B.Qorabolaev, O.Otaxo‘jaeva, M.Yunusova, Z.Shomuratova, M.Mirvaxidova, A.M.Qo‘chqorov. A.Qo‘chqorov, Z.Egamberdiev, T.Akromxo‘jaev va boshqalar sermahsul faoliyat olib borgan. Bugun respublikamizning turli hududlarida mehnat qilayotgan, balki keksalik gashtini surayotgan hamkasblarimizni minglab shogirdlar minnatdorchilik so‘zlari bilan yodga oladi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi qo‘lga kiritishi bilan butun mamlakatimiz hayotida bo‘lgani kabi universitet, fakultet jamoasi hayotida tub burilishlar ro‘y berdi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida zamon talablariga javob bera oladigan, erkin fikrlaydigan, har tomonlama barkamol, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida hamda Kimyo, biologiya, geografiya va qishloq xo‘jaligi asoslari ta’lim yo‘nalishlari ochilishi munosabati bilan fakultetdagi kafedralar optimallashtirildi - Biologiya va uni o‘qitish metodikasi, Kimyo va uni o‘qitish metodikasi, Botanika, zoologiya va tabiatni muhofaza qilish, Anatomiya, fiziologiya va gigiena, Geografiya o‘qitish metodikasi kafedralari tashkil topdi. 1996-yilda Tabiiy geografiya va Iqtisodiy geografiya kafedralari birlashtirilib, Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi, Zoologiya va Anatomiya, Fiziologiya kafedralari birlashtirilib, Zoologiya va anatomiya, Fiziologiya kafedrasi tashkil etildi. 1997-yilda biologiya yo‘nalishidagi uchta: Zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi; Botanika, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish hamda Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedralari birlashtirilib, yangi tashkil topgan kafedraga Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi nomi berildi. 1998-yil 24- fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berilishi munosabati bilan fakultet Tabiyot fanlari fakulteti deb nomlangan. 2010-yildan boshlab Tabiiy fanlar fakulteti deb yuritilmoqda.

- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini tashkil etish va ilmiy-metodik ta’minlash;
- qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-ta’lim jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish maqsadida xorijiy pedagogika oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan sheriklik aloqalarini rivojlantirish;
- Respublikaning bazaviy oliy ta’lim muassasasi sifatida oliy ta’limning pedagogika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

Fayl ilova qilingan

Yuklab olish uchun fayllar

- Respublika uzluksiz ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagogik kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- tegishli pedagogik ta’lim yo‘nalishlar va mutaxasisliklar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini, ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish, xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini va mamlakat ta’lim muassasalarining ehtiyojini hisobga olgan holda ilg‘or pedagogika texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish va joriy qilish;
- idoraviy buysunishidan qat’iy nazar respublikada pedagog, muhandis-pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish;
- davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlar, o‘quv-metodik adabiyotlarni hamda elektron-ta’lim resurslarini yaratish va takomillashtirish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogika, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha pedagogik ta’lim muassasalarini faoliyatini ilmiy-metodik ta’minlash;

Fakultet quyidagi yo‘nalishlarga ega:
BAKALAVRIAT TA'LIM YO'NALISHI:
60110800 – Kimyo,
5110300 – Kimyo,
5110300 – Kimyo o’qitish metodikasi,
60110900 – Biologiya,
5110400 – Biologiya,
5110400 – Biologiya o’qitish metodikasi,
60111000 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari,
5110500 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari,
5110500 – Geografiya o’qitish metodikasi,
5112600 – Iqtisodiy bilim asoslarini o’qitish metodikasi.

MAGISTRATURA MUTAXASISLIKLARI:
1.70110801 - Tabiiy va aniq fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo)
2.70110901 - Tabiiy va aniq fanlarni o'qitish metodikasi (biologiya)
3.70111001 - Tabiiy va aniq fanlarni o'qitish metodikasi (geografiya)
Hozirda fakultet dekani biologiya fan doktori, professor K.A. Saparov.
Tabiiy fanlar fakultetida beshta kafedra mavjud:
1. Kimyo va uni o'qitish metodikasi
2. Botanika va ekologiya
3. Biologiya va uni o'qitish metodikasi
4. Zoologiya va anatomiya
5. Geografiya va uni o'qitish metodikasi.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi 92 nafar professor-o‘qituvchilardan iborat bo‘lib, jami 109 ta fandan dars beradi. 10 nafar fan doktori, professor, 45 nafar fan nomzodi, oliy oʻquv yurti professori,14 nafar katta oʻqituvchi, 24 nafar oʻqituvchi va 5 nafar kafedra mudiri faoliyat yuritadi. 1991-2021-yillarda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 100 tadan ortiq darslik, 200 tadan ortiq o‘quv qo‘llanma, shuningdek, 100 tadan ortiq elektron darslik va o‘quv qo‘llanmalar hamda 500 dan ortiq o‘quv-uslibiy qo‘llanmalar tayyorlandi.

Fakultetda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha yillik ish reja asosida faoliyat olib boriladi. Ushbu rejada eng ustuvvor yo'nalishlardan biri bu Prezidentimiz tomonidan ilgari surulgan "5 muhum tashabbus" bo'lib xizmat qilmoqda. Bundan tashqari ma'naviy-ma'rifiy ishlar, tashkiliy ishlar, fakultet jamoasida umumiy va pedagogik madaniyatni amalga oshirishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishga qodir shaxsni shakllantirish borasida ta'lim muassasalari, ota-onalar, Mahallalar, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik ishlari, milliy qadriyatlar va an'analar, ajdodlarimizning boy madaniy me'rosini targ'ib etish, milliy bayramlar, tarixiy sanalarni nishonlash, ommaviy axborot vositalarida targ'ibot-tashviqot ishlari, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, talalabalar turar joylarida hamda xususiy xonadonlarda yashovchi talabalar bilan olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlar, ijtimoiy himoya tadbirlari kabi turli sohalar bo'yicha faoliyat olib boriladi. Bundan tashqari iqtidorli yoshlarni aniqlash va ular bilan olib boriladigan ishlar hamda ularni Respublika miqyosidagi nufuzli ko'rik-tanlov va Davlat stipendiyalariga tayyorlash borasidagi ishlardan iborat.

Fakultetda 2017-2018-o'quv yilida fakultet dekani tashabbusi bilan universitet rektori buyrug'i asosida ilmiy-tadqiqot ishlar bo'yicha fakultet ilmiy kengashi faoliyati yo'lga qo'yildi.
-Fakultet tarkibiy tuzilmasiga bо‘ysunuvchi kafedralarda doktorant, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilari muayyan yо‘nalish bо‘yicha ilmiy tadqiqot olib boradi.
-Fakultetda oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash belgilangan tartibga ko‘ra amalga oshiriladi.
-Fakultetda professor-о‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, о‘quv-yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud.
-Fakultet tarkibiy tuzilmasidagi xodimlarning chet el xizmat safarlari Vazirlik tomonidan tasdiqlangan “О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish tartibi tо‘g‘risida”gi muvaqqat Yо‘riqnoma asosida, universitet rektorining roziligi bilan amalga oshiriladi.
-Fakultet tarkibiy tuzilmasidagi kafedralarda faoliyat olib boruvchi professor-о‘qituvchilar uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshiradilar.
-Fakultet tarkibiy tuzilmasidagi xodimlarining huquq va majburiyatlari universitetning Nizomi, Ichki tartib va Odob-ahloq qoidalari hamda lavozim yо‘riqnomalari bilan belgilanadi.