Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika fakulteti rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni tayyorlaydigan respublikadagi yagona fakultet hisoblanadi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika va inklyuziv ta`lim fakulteti rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni tayyorlaydigan Respublikadagi yagona fakultet hisoblanadi.
O‘zbekistonda defektolog-mutaxassislar tayyorlash deyarli ellik bir yil avval yo‘lga qo‘yilgan va o‘sha vaqtda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (instituti) O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda anomal bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim dargohi hisoblangan.
1966-yilda Xalq ta’limi vazirligi taklifi bilan Kengash chaqirildi. Ushbu kengashda sobiq O‘zSSR maorif vaziri o‘rinbosari S.A.Panchenko, ilmiy kotib – M.N.Xodjayeva, O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutidan N.R.Raxmanov, 66-yordamchi maktab direktori G.Sh. Aytmetova, 1-sonli maxsus internatdan A.N.Sitkovskaya, D.M.Orenberg, defektologiya sohasi bo‘yicha yetuk Rossiyalik olimlardan professor, fan doktorlari M.I.Zemsova, M.S.Pevzner, V.G.Petrova, fan nomzodi M.I.Kuzmiskayalar ishtirok etdilar. Kengashda asosiy ko‘riladigan masala «O‘zbekistonda defektolog kadrlarni tayyorlash» masalasi edi. Kengashda ushbu masala o‘rganib chiqilib, O‘zbekistonda defektolog kadrlar tayyorlash haqidagi qaror qabul qilindi. Ushbu qarordan so‘ng 1967-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining «Pedagogika va psixologiya» fakultetida Defektologiya bo‘limi ochildi.
1973-yilda pedagogika va psixologiya fakultetining “Defektologiya” bo‘limida “Surdopedagogika” yo‘nalishi ham ochildi, bo‘limga 27 nafar talaba qabul qilindi. Shu vaqtdan e’tiboran, zaif eshituvchi va kar bolalar maktabi uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorlana boshlandi.
1981 yilda Defektologiya kafedrasi ikki mustaqil kafedraga bo‘lindi: “Oligofrenopedagogika va logopediya” hamda “Surdopedagogika va defektologiyaning klinik asoslari” kafedralar tashkil etildi. Ikkala kafedrada o‘n yettita o‘qituvchi ilmiy va pedagogik faoliyat olib bordilar. Jumladan, bitta professor, tibbiyot fanlari doktori: M.G.Mirzakarimova, yettita fan nomzodi, dotsentlar: S.Sh.Aytmetova, A.I.Sagatov, I.A.Alimova, R.M.Qoriyeva, S.G.Kim, I.G.Radisheva, E.B.Em, ikkita katta o‘qituvchi: O.S.Maymor, V.S.Raxmanova, yettita o‘qituvchi: K.Mamedov, X.Po‘latova, N.Mazalova, M.Mirzaxmedova, O.Rogacheva, I.Kislitsina, N.Sosedova shular jumlasidandir.
1981 yilda defektologiya alohida fakultet maqomiga erishdi va fakultetda talabalar sonining ortib borishi bilan milliy kadrlarni tayyorlashga ham alohida e’tibor berila boshlandi. Bu masalani hal qilish maqsadida fakultetning professor-o‘qituvchilari Moskva, Kiev va boshqa shaharlardagi oliy ta’lim muassasalarining Defektologiya fakultetlariga biriktirildi.
1999 o‘quv yilidan boshlab Defektologiya fakulteti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti bilan birlashtirildi hamda surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlana boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimov tomonidan 2007 yilni “Ijtimoiy himoya yili” deb e’lon qilinishi hamda shu asosida qabul qilingan “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturida defektolog kadrlarni tayyorlash masalasiga katta e’tibor berildi. Ushbu dasturda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Defektologiya fakulteti Boshlang‘ich ta’lim fakultetidan ajralib chiqdi va fakulteti qoshida “Korreksion pedagogika” va “Maxsus ta’lim metodikalari” kafedralari tashkil etildi.
2016-yilda Defektologiya fakulteti Pedagogika va psixologiya fakulteti bilan birlashtirildi. Ushbu fakultetda Defektologiya, Maktabgacha ta’lim va Psixologiya, Psixologiya faoliyat turi yo‘nalishlari faoliyat olib borildi.
2017 yilda Defektologiya yo‘nalishi bo‘yicha Sirtqi va Maxsus sirtqi bo‘limlari tashkil qilindi.
2018 yilda Defektologiya mustaqil fakultet maqomiga ega bo‘lib, Maxsus pedagogika nomi berildi va fakultet qoshida uchta: Logopediya, Oligofrenopedagogika va Surdopedagogika kafedralari tashkil qilindi. Hozirgi kunda fakultetda kunduzgi va kechki bakalavr, sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu yildan boshlab bakalavr ta’lim yo‘nalishiga oligofrenopedagogika, logopediya, surdopedagogika yo‘nalishlariga talabalar qabul qilindi. Magistratura bo‘limida ham oligofrenopedagogika, logopediya, surdopedagogika mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Fakultetda ikkita pedagogika fanlari doktori professor: L.R.Muminova,Z.N. Mamaradjabova ikki nafar professor: pedagogika fanlari nomzodi M.Y. Ayupova, pedagogika falari nomzodi P.M. Pulatova, yetti nafar dotsent X.M. Pulatova, L.Sh.Nurmuxamedova, Z.M.Axmedova, Sh.M.Amirsaidova, M.P.Xamidova, N.V.Sosedova, falsafa doktori (PhD) N.Z.Abidova, N.Musaeva, Sh.Shokirova katta o‘qituvchilar M.U. Xamidova, S.M.Pulatova, o‘qituvchilar N.Q.Abidova, B.X.Xusniddinova, D.A.Musaeva, S.Yu.Shamsiyeva O.S.Axmedova, D.T.Gapurovalar ilmiy va pedagogik faoliyatini olib borishmoqda. Hozirgi kunda ushbu fakultetda dekan vazifasini pedagogika fanlari nomzodi dotsent D.A. Nurkeldiyeva, shuningdek, N.S.Yodgorova o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari va D.N.Adilova Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda
Yo`nalishlar

Nurkeldiyeva Dilbar Axmadovna
Pedagogika fanlari nomzodi dotsent
Nurkeldiyeva Dilbar Axmadovna – 1961 yil 22 oktyabr kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Millati o'zbek.
712767852
Maxsuspedagogika@gmail.com
O‘zbekistonda defektolog-mutaxassislar tayyorlash deyarli ellik bir yil avval yo‘lga qo‘yilgan va o‘sha vaqtda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (instituti) O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda anomal bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim dargohi hisoblangan.
1966-yilda Xalq ta’limi vazirligi taklifi bilan Kengash chaqirildi. Ushbu kengashda sobiq O‘zSSR maorif vaziri o‘rinbosari S.A.Panchenko, ilmiy kotib – M.N.Xodjayeva, O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutidan N.R.Raxmanov, 66-yordamchi maktab direktori G.Sh. Aytmetova, 1-sonli maxsus internatdan A.N.Sitkovskaya, D.M.Orenberg, defektologiya sohasi bo‘yicha yetuk Rossiyalik olimlardan professor, fan doktorlari M.I.Zemsova, M.S.Pevzner, V.G.Petrova, fan nomzodi M.I.Kuzmiskayalar ishtirok etdilar. Kengashda asosiy ko‘riladigan masala «O‘zbekistonda defektolog kadrlarni tayyorlash» masalasi edi. Kengashda ushbu masala o‘rganib chiqilib, O‘zbekistonda defektolog kadrlar tayyorlash haqidagi qaror qabul qilindi. Ushbu qarordan so‘ng 1967-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining «Pedagogika va psixologiya» fakultetida Defektologiya bo‘limi ochildi.
1973-yilda pedagogika va psixologiya fakultetining “Defektologiya” bo‘limida “Surdopedagogika” yo‘nalishi ham ochildi, bo‘limga 27 nafar talaba qabul qilindi. Shu vaqtdan e’tiboran, zaif eshituvchi va kar bolalar maktabi uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorlana boshlandi.
1981 yilda Defektologiya kafedrasi ikki mustaqil kafedraga bo‘lindi: “Oligofrenopedagogika va logopediya” hamda “Surdopedagogika va defektologiyaning klinik asoslari” kafedralar tashkil etildi. Ikkala kafedrada o‘n yettita o‘qituvchi ilmiy va pedagogik faoliyat olib bordilar. Jumladan, bitta professor, tibbiyot fanlari doktori: M.G.Mirzakarimova, yettita fan nomzodi, dotsentlar: S.Sh.Aytmetova, A.I.Sagatov, I.A.Alimova, R.M.Qoriyeva, S.G.Kim, I.G.Radisheva, E.B.Em, ikkita katta o‘qituvchi: O.S.Maymor, V.S.Raxmanova, yettita o‘qituvchi: K.Mamedov, X.Po‘latova, N.Mazalova, M.Mirzaxmedova, O.Rogacheva, I.Kislitsina, N.Sosedova shular jumlasidandir.
1981 yilda defektologiya alohida fakultet maqomiga erishdi va fakultetda talabalar sonining ortib borishi bilan milliy kadrlarni tayyorlashga ham alohida e’tibor berila boshlandi. Bu masalani hal qilish maqsadida fakultetning professor-o‘qituvchilari Moskva, Kiev va boshqa shaharlardagi oliy ta’lim muassasalarining Defektologiya fakultetlariga biriktirildi.
1999 o‘quv yilidan boshlab Defektologiya fakulteti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti bilan birlashtirildi hamda surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlana boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimov tomonidan 2007 yilni “Ijtimoiy himoya yili” deb e’lon qilinishi hamda shu asosida qabul qilingan “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturida defektolog kadrlarni tayyorlash masalasiga katta e’tibor berildi. Ushbu dasturda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Defektologiya fakulteti Boshlang‘ich ta’lim fakultetidan ajralib chiqdi va fakulteti qoshida “Korreksion pedagogika” va “Maxsus ta’lim metodikalari” kafedralari tashkil etildi.
2016-yilda Defektologiya fakulteti Pedagogika va psixologiya fakulteti bilan birlashtirildi. Ushbu fakultetda Defektologiya, Maktabgacha ta’lim va Psixologiya, Psixologiya faoliyat turi yo‘nalishlari faoliyat olib borildi.
2017 yilda Defektologiya yo‘nalishi bo‘yicha Sirtqi va Maxsus sirtqi bo‘limlari tashkil qilindi.
2018 yilda Defektologiya mustaqil fakultet maqomiga ega bo‘lib, Maxsus pedagogika nomi berildi va fakultet qoshida uchta: Logopediya, Oligofrenopedagogika va Surdopedagogika kafedralari tashkil qilindi. Hozirgi kunda fakultetda kunduzgi va kechki bakalavr, sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu yildan boshlab bakalavr ta’lim yo‘nalishiga oligofrenopedagogika, logopediya, surdopedagogika yo‘nalishlariga talabalar qabul qilindi. Magistratura bo‘limida ham oligofrenopedagogika, logopediya, surdopedagogika mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Fakultetda ikkita pedagogika fanlari doktori professor: L.R.Muminova,Z.N. Mamaradjabova ikki nafar professor: pedagogika fanlari nomzodi M.Y. Ayupova, pedagogika falari nomzodi P.M. Pulatova, yetti nafar dotsent X.M. Pulatova, L.Sh.Nurmuxamedova, Z.M.Axmedova, Sh.M.Amirsaidova, M.P.Xamidova, N.V.Sosedova, falsafa doktori (PhD) N.Z.Abidova, N.Musaeva, Sh.Shokirova katta o‘qituvchilar M.U. Xamidova, S.M.Pulatova, o‘qituvchilar N.Q.Abidova, B.X.Xusniddinova, D.A.Musaeva, S.Yu.Shamsiyeva O.S.Axmedova, D.T.Gapurovalar ilmiy va pedagogik faoliyatini olib borishmoqda. Hozirgi kunda ushbu fakultetda dekan vazifasini pedagogika fanlari nomzodi dotsent D.A. Nurkeldiyeva, shuningdek, A.R.Turkmenova, M.M.Abdullayeva o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari va D.N.Adilova Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
NIZOMI
I.Umumiy qoidalar
1.1. Maxsus pedagogika va inklyuziv ta`lim fakultetining Nizomi (keyingi o‘rinlarda fakultet Nizomi) “Oliy ta’lim muassasasi fakulteti to‘g‘risida”gi Nizom, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 3-dekabrdagi № 487-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 23-dekabrdagi Toshkent davlat pedagogika universitetining yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash haqidagi buyrug‘i hamda 2011-yil 487-sonli buyrug‘i asosida va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-maydagi №153-sonli qaroriga muvofiq universitet tashkiliy tuzilmasida qayta ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan.
1.2. Ushbu Nizom oliy ta’lim muassasasida fakultet faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Fakultet - OTM tuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib, unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradigan eng asosiy mexanizm.
1.3. Fakultet o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va ko‘rsatmalari, shuningdek, universitetning ichki tartib va odob-axloq qoidalari, jamoa shartnomasi hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
1.2. Fakultet tarkibida “Logopediya”, “Oligofrenopedagogika” va "Surdopedagogika va inklyuziv ta`lim" "Maxsus pedagogikaning klinik asoslari" kafedralari faoliyat yuritadi.
1.3. Fakultetda 3ta ta’lim yo‘nalish bo‘yicha talabalar tahsil olishadi. Bular “Logopediya”, “Oligofrenopedagogika”, “Surdopedagogika” ta’lim yo‘nalishlaridir.
1.4. Fakultet o‘ziga xos mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo‘yicha o‘z majburiyatlariga muvofiq javob beradi.
1.5. Fakultet joylashgan yuridik manzili: 100070, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi 27-uy, 2 o‘quv binosi.
II. Fakultetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari
- respublikada uzluksiz ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagogik kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash;
- tegishli pedagogik ta’lim yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, o‘quv rejalari va dasturlarini, ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, hamkorlik asosida rivojlangan xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda ilg‘or pedagogika texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish va joriy etishga taklif kiritish;
- idoraviy buysunishidan qat’iy nazar respublikada pedagog, muhandis-pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydigan ilmiy-pedagogik har tomonlama yetuk, raqobatdoshli mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga mo‘ljallangan kompleks ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
- davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlar, o‘quv-metodik adabiyotlarni hamda elektron-ta’lim resurslarini yaratish va takomillashtirishda ishtirok etish;
- qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-ta’lim jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish maqsadida xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda takliflar berish.
III. O‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarning subyektlari, ularning huquq va majburiyatlari
Talabalar:
3.1. Universitet rektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilingan shaxs mazkur universitetning talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi bepul beriladi.
3.2. Fakultetning talabalari quyidagi huquqlarga ega:
- fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish;
- universitet axborot resurs markazida mavjud bo‘lgan adabiyotlar, davriy nashrlar, elektron ta’lim resurslaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;
- bepul maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar olish;
- auditoriyalar, ta’lim jarayoniga oid o‘quv texnik vositalardan o‘rnatilgan tartibda bepul foydalanish;
- ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda ta’lim muassasasi, dekanat va kafedra rahbariyatiga bildirish hamda ularni ko‘rib chiqilishini talab qilish;
- universitet va fakultet miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida ishtirok etish;
- ilmiy tadqiqot ishlarida va ilmiy konferensiyalarda o‘rnatilgan tartibda faol qatnashish;
- universitetda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a’zo bo‘lish;
- o‘qishdan tashqari vaqtlarda fakultet ma’naviy-ma’rifiy, ta’mirlash, qurilish, ko‘kalamzorlashtirish, qishloq xo‘jalik va boshqa jamoat hamda qonunchilikka zid bo‘lmagan ishlarda ishtirok etish.
Talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishish uchun zarur bo‘lgan qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.
Talaba o‘z huquqlarini suiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan o‘zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.
3.3. Davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shaklida ta’lim olayotgan talabalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar.
Talabalar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va nomli stipendiyalarni olish huquqiga egadirlar.
3.4. Fakultet talabalar turar joyiga muhtoj talabalarni, oliy ta’lim muassasasining talabalar turar joylaridan sanitariya-gigiena me’yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta’minlashda ko‘maklashadi.
3.5. Fakultetning talabalari o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida o‘rnatilgan tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
3.6. Fakultet talabalari safidan chiqarilgan talaba O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan talablar asosida o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi hamda qoidalari asosida qayta o‘qishga tiklanishi mumkin.
Oliy ta’lim muassasasidan ma’muriyatning tashabbusi bilan chetlashtirilgan shaxslarni, barcha o‘quv shakllari bo‘yicha talabalar safiga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Universitetning talabalari qonunda belgilangan tartib va qoidalar asosida o‘qishini ko‘chirish (o‘qishga qayta tiklanish) huquqiga ega.
3.7. Universitet talabalari oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari zarur hamda universitetning Ustaviga, Ichki tartib va odob-axloq qoidalari, talabalar turar joylarida yashash qoidalariga rioya etishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni o‘qish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish man etiladi.
3.8. Universitetning Ichki tartib va odob-axloq qoidalari hamda talabalar turar joylarida yashash qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda talabaga nisbatan rektorning buyrug‘i asosida quyidagi intizomiy jazo choralari ko‘riladi:
a) hayfsan
b) talabalar safidan chetlatish.
Talaba universitetdan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
a) o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
d) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib- qoidalarini buzganligi uchun;
ye) bir semestr davomida uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq dars qoldirganligi sababli;
j) o‘qish uchun belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli;
z) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
i) vafot etganligi sababli.
Talaba universitetdan quyidagi hollarda kursdan-kursga qoldirilishi mumkin:
a) fanlarni o‘zlashtira olmaganligi (akademik qarzdorligi) uchun.
Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga vazirlik tomonidan tasdiqlangan tartib-qoida asosida akademik ta’til berilishi mumkin.
Universitet ma’muriyatining tashabbusi bilan (“d”, “e”, “j”-bandlar) talabalarni o‘qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba (“d”,“e”,“j”-bandlarga ko‘ra) o‘qishdan chetlashtirilayotgan holda, universitetning "Yoshlar" ittifoqi tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
Intizomiy jazoga tortilayotgan talaba o‘ziga qo‘llanilgan jazo chorasining noqonuniyligi va adolatsizligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda universitet rektori, vazirlik yoki sudga murojaat etishi mumkin.
Talaba universitetdan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yig‘ma jildida saqlanadi.
Intizomiy jazo choralari talabalarning kasallik yoki ta’tilda bo‘lgan vaqti hisobga olinmagan holda xatti-harakat aniqlangandan so‘ng bir oydan va xatti-harakat sodir etilganidan so‘ng olti oydan kechiktirilmay qo‘llaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik ta’til yoki homiladorlik va tug‘ish holati bilan bog‘liq bo‘lgan ta’til paytlarida talabalarga intizomiy jazo choralarini qo‘llash man etiladi.
Talaba kasalligi tufayli o‘quv jarayoniga qatnashmayotganligi haqida o‘zi yoki ota-onasi tomonidan 3(uch) kun muddat ichida dekanatga yozma ravishda ma’lum qilishi lozim.
3.9. Fakultetning professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
a) belgilangan tartibda universitet va fakultet Kengashlariga saylash va saylanish;
b) oliy ta’lim muassasasining faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
v) oliy ta’lim muassasasining axborot-resurs markazi, o‘quv va ilmiy bo‘linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo‘limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;
g) o‘qitishning uslub va vositalarini tanlash, o‘quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
d) oliy ta’lim muassasasi ma’muriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish;
ye) qonunchilikda belgilangan tartibda vakant professor-o‘qituvchi lavozimlariga e’lon qilingan tanlovlarda qatnashish;
j) o‘zlari ishlayotgan kafedra, fakultetdan tashqari boshqa fakultet, kafedra, tashkilotlarda o‘rindoshlik asosida ishlash (asosiy ish joyi bilan kelishilgan holda);
z) xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;
i) o‘z fani bo‘yicha sifatli darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash;
y) nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy-tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;
k) talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
l) grantlar, ilmiy loyihalar, xo‘jalik shartnomalarida ishtirok etish;
m) O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
3.10. Fakultetning professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
- ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat intizomi, universitetning Ustavi, ichki tartib va odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya qilish, o‘zlarining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va o‘qituvchilik sha’niga dog‘ tushirmaslik;
- ish jarayonida muloqat qiladigan universitet xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan hushfe’l munosabatda bo‘lish;
- ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejaning o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
- darslik, o‘quv qo‘llanma va boshqa o‘quv adabiyotlari, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish;
- tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma’naviy- ma’rifiy ishlarda, shu jumladan, darsdan tashqari vaqtlarda o‘tkaziladigan tadbirlarda bevosita ishtirok etish;
- kafedraning tasdiqlangan ilmiy-amaliy, ilmiy-pedagogik anjumanlarida ishtirok etish;
- o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borish;
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun hamkorlikda yangi avlod o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy majmualar yaratishda ishtirok etish;
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ochiq va muammoli mashg‘ulotlar hamda “master klass”lar o‘tkazish;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi muassasalarida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya hamda pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim sifatini oshirishga doimiy ravishda ko‘maklashish;
- mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariya va gigienasi qoidalariga rioya qilish;
- universitet va fakultetning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;
- ish beruvchiga bevosita yetkazilgan moddiy zararni o‘rnatilgan tartibda qoplash;
- universitetning jamoatchilik ishlarida qatnashish;
- pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta’minlash;
- ta’lim oluvchilarning tanlagan yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha yuksak kasbiy tayyorgarligini va mehnatga bo‘lgan qobiliyatni shakllantirish;
- chet tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan bilim darajasini muntazam oshirib borish;
- ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatini shakllantirish;
- universitetda “Ustoz-shogird” tizimida ishtirok etib, o‘ziga biriktirilgan shogirdlar bilan pedagogik, ilmiy-pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
- o‘zining odobi, madaniyati, ma’naviy saviyasi bilan o‘rnak bo‘lish;
- kiyinish madaniyatiga rioya etish;
- respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi ilmiy- iqtisodiy islohotlar va jahonda ro‘y berayotgan yangiliklardan xabardor bo‘lish;
- universitet, fakultet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
- o‘zi o‘qitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;
- o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tish;
- fan yo‘nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;
- har o‘quv yili boshlangunga qadar o‘zi mashg‘ulot olib boradigan fan(lar)ning ishchi o‘quv dasturi, kalendar rejasini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlash;
- reyting nazoratlarini o‘z vaqtida o‘tkazish;
- talabalar bilimini xolisona baholash;
- yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash;
- o‘zining ilmiy salohiyati va pedagogik mahoratini oshirish;
- talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;
- oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish.
3.11. Fakultet xodimlarining chet el xizmat safarlari vazirlik tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish tartibi to‘g‘risida”gi muvaqqat Yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi.
3.12. Fakultet xodimlarining huquq va majburiyatlari universitetning Nizomi, Ichki tartib va odob-axloq qoidalari hamda lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi.
IV. O‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari va pedagogik kadrlar tayyorlash
4.1. Fakultetda ta’lim jarayoni tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va dasturlari asosida universitet rektori tomonidan tasdiqlangan yillik o‘quv jarayoni hamda mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
Ta’lim jarayonini maqsadli yo‘naltirish yo‘li bilan tashkil etish, ya’ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo‘li bilan universitet talabalariga oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilishi lozim.
Ta’lim va tarbiyaning birligi Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari asosida ta’minlanadi.
4.2. Fakultetda o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, amaliy, laboratoriya, seminar, kurs ishi, malakaviy amaliyot, bitiruv malakaviy ishi.
Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqalik akademik soat belgilangan. O‘quv mashg‘ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqa bo‘ladi.
Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar: o‘zbek, rus va qozoq tillari hisoblanadi.
Fakultetda kadrlarni tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladi.
Fakultetda o‘quv yili ikki semestrga bo‘linadi va uning har birida talabalarning o‘zlashtirishi reyting nazorati shaklida olib boriladi.
O‘zlashtiruvchi talabalarni kursdan kursga o‘tkazish fakultet dekanining tafsiyasi asosida rektor buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o‘tkazish mumkin emas.
Oliy ta’limning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq tartibga solinadi hamda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari asosida tugallanadi.
Universitetda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’limni individuallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta’lim berishni qo‘llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.
V. Yakuniy qoidalar
Fakultet universitet qonunchiligida belgilangan tartibda quyidagilarga javob beradi:
- uning vakolatiga kiritilgan vazifalarni bajarilishiga;
- ta’lim jarayonida o‘quv reja va jadvallarga muvofiq ta’lim dasturlari hajmini to‘liq bajarilishiga;
- O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarga.
5.2.Fakultetning Nizomiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish universitet rektor buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
5.3. Ushbu Nizom fakultetning 2018-yil 30-avgustdagi 1-sonli Kengashi yig‘ilishi tomonidan qabul qilingan.
- fakultetlarda o‘quv, ilmiy, uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish;
- davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;
- o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun jadvallar tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish;
- o‘z vakolati doirasida fakultetning barcha xodimlari, talabalari, fakultet qoshidagi maxsus kurslarda ta’lim oluvchilar uchun majburiy bo‘lgan farmoyishlarni chiqarish;
- talabalarning o‘zlashtirishi, davomati, reyting nazorati, shuningdek, intizom masalalarini hal etish;
- talabalarni kursdan kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;
- talabalarni bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
- iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ulardan fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga jalb etish;
- talabalarga stipendiya berilishi to‘g‘risidagi taqdimnoma va buyruq loyihasini tayyorlash;
- aspirant va tadqiqotchilar tayyorlash, professor o‘qituvchilar malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
- fakultetda ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli darsliklar, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini boshqarish;
- yangi informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tadbiq etilishi professor-o‘qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish;
- fakultet Ilmiy Kengashini boshqarish;
- ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professor o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, sohadagi yangiliklar va ilmiy texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy ijtimoiy rivojlanish masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;
- TDPUning marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanayotgan mutaxassislarga mavjud va istiqbolli ehtiyojlarni o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashish imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
- turdosh oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari jumladan, rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
- fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish (o‘z hisob raqamiga ega bo‘lgan alohida “markaz”, “Kurs” va h.k.), grantlar, investitsiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarning faol ishtirokini ta’minlash;
- o‘quv mashg‘ulotlari, yakuniy baholash jadvalini tuzish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat etish;
- kafedralar o‘quv yuklamalarini yillik hisobotlarni ishlab chiqish;
- fakultetda, talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
- vakolati doirasida og‘zaki va yozma murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda murojaat qiluvchilarni qabul qilish.
5111900-Defektologiya (oligofrenopedagogika) bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va magistratura 5A111901-Maxsus pedagogika, defektologiya (logopediya), 5A111901-Maxsus pedagogika, defektologiya (surdopedagogika), 5A111901-Maxsus pedagogika,defektologiya(oligofrenopedagogika) mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim muassasalariga kadrlar tayyorlanib kelinmoqda. Hozirgi kunda fakultetda 4 ta “Logopediya”, “Oligofrenopedagogika”"Surdopedagogika va inklyuziv ta`lim" va "Maxsus pedagogikaning klinik asoslari" kafedralari faoliyat olib bormoqda. Fakuletda barcha xonalar televizor va proektor bilan jihozlangan. O‘quv jarayoni uch smenada tashkil etilgan. Ta’lim yo‘nalishi va kurslari bo‘yicha 57 ta akademik guruh mavjud bo‘lib yuqori malakaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar guruhlarga murabbiy qilib tayinlangan.
O‘quv jarayonlarini tashkil qilish maqsadida o‘quv ishlari bo'yicha (2 ta) va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari faoliyat yuritib kelmoqda.
![]() |
1. Defektolog kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish.
2. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni ta'limda ijtimoiy moslashuv shaxsiy yo'naltirilgan yondashuv.
3. Eshitishida va nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar ta'lim-tarbiyasi.
Fakultet logopediya, oligofrenopedagogika va surdopedagogika mutaxassisligi bo'yicha magistr tayyorlaydi.
Fakultetda 1 nafar professor, 9 nafar dotsent, 2 nafar dots.v/b, 5 nafar katta o'qituvchi, 8 nafar o'qituvchi faoliyat olib boradi.
![]() |