Nizomiy nomidagi Toshkent davlat dedagogika universitetining Pedagogika fakulteti 1935-yildan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Fakultetning birinchi dekani sifatida taniqli psixolog olim, professor P.I.Ivanov faoliyat yuritgan.

1999-2002-yilgacha fakultet dekani sifatida psixologiya fanlari nozmodi, dotsent S.Safaev, 2002-2007-yillarda psixologiya fanlari nozmodi dotsent F.I.Haydarov, 2007-2008-yillarda psixologiya fanlari nozmodi dotsent N.G‘.Kamilova, 2008-2011-yillarda psixologiya fanlari doktori, professor N.S.Safaev, 2011-2015-yillarda p.f.n, dotsent N.Sh.Bekmurodovlar boshqargan.
2016-2017-yillarda Pedagogika va psixologiya hamda defektologiya fakultetlari birlashtirilib, pedagogika fakulteti tashkil topdi.
2018-yil Pedagogika va psixologiya fakulteti tashkil etilib, fakultet dekani sifatida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent X.Sh.Qodirov boshqarib kelmoqda. Fakultetda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.U.Abdullaeva, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Vahoboev, ilmiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Sh.Muxsiyevalar faoliyat olib bormoqda.
Fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
5110900- Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi;
5210200- Psixologiya (umumiy psixologiya) yo‘nalishi;
Fakultet pedagogika va psixologiya va psixologiya (umumiy psixologiya) sohalarida akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi.
Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:
- Pedagogika kafedrasi;
- Psixologiya kafedrasi;
- Umumiy pedagogika kafedrasi;
- Umumiy psixologiya kafedrasi
Fakultetda 60 dan ziyod professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 6 nafar fan doktori professor, 22 nafar fan nomzodi, dotsent va katta o‘qituvchilar.
Fakultetni muvoffaqiyatli tamomlagan talabalarga Pedagogika va psixologiya va Psixologiya (umumiy psixologiya ) bakalavr darajalari beriladi. O‘qishni davom ettirishni xohlaganlar shu yo‘nalishlar bo‘yicha (Psixologiya (umumiy psixologiya) yo‘nalishidan tashqari) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olish imkoniyatiga ega. Fakultet talabalari universitetga qarashli 10-talabalar turar joyida istiqomat qilishlari mumkin.
1997-yil 29-avgustda “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning qabul qilinishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi Qaroriga asosan 1998-yil 24-fevralda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga “Pedagogika universiteti” maqomining berilishi Maktabgacha tarbiya fakulteti faoliyatida tub burilishi yasashga turtki bo‘ldi. Shu vaqtdan boshlab fakultet Pedagogika va psixologiya fakulteti sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.
Bu yillarda fakultetda Xalq ta’limi tizimiga - inspektor metodist, pedagogika va psixologiya fani o‘qituvchilari tayyorlandi. Fakultet bitiruvchilari orasidan pedagogika fanlari doktori, professsor A.To‘raeva, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.Temirova, pedagogika fanlari nomzodi, professor O.Hasanboeva, pedagogika fanlari nomzodi, professor K.Hoshimov, O‘zbekiston Milliy universiteti “Psixologiya” kafedrasining mudiri, psixologiya fanlari doktori, professsor E.G‘.G‘oziyev, Chet tillar instituti (hozirgi O‘zDJTU) kafedra mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.Shojalilov, psixologiya fanlari doktori, professor G‘.B.Shoumarov, falsafa fanlari doktori, professor Z.R.Qodirova, pedagogika fanlari doktori, professor F.R.Qodirova, psixologiya fanlari doktori N.S.Safaev, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Sh.A.Dustmuxamedovalar yetishib chiqqan.
Hozirgi davrda fakultetda Pedagogika va psixologiya, Maktabgacha ta’lim hamda Psixologiya (umumiy psixologiya) sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Юлдашева Феруза Имомалиевна
Педагогика ва психология
Ёшлар билан ишлаш бўйича декан ўринбосари
Ёдгорова Нафиса Садриддинова
Махсус педагогика ва инклюзив таълим факултети
Декан муовини