Mehnat ta’limi va dizayn kafedrasi.
Mehnat ta’limi va dizayn kafedrasi 2015-yil universitet rektorining 8-aprel 2015-yildagi 170-u sonli bo‘yrug‘i asosida ikkita Umumtexnika fanlari va ishlab chiqarish texnologiyalari kafedralari negizida birlashgan holda tashkil etildi.

Kafedramizda 5111000 – Kasb ta’limi (5150900 – Dizayn (liboslar dizayni)), bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida 219 nafardan ortiq bakalavrlar hamda 5A111001 – Kasb ta’limi nazaryasi va metodikasi dizayn, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 7 nafar magistr mutaxassis kadrlar tayyorlanmoqda. Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha barcha me’yoriy hujjatlar (DTS, namunaviy va ishchi o‘quv rejalari, fanlarning namunaniy hamda ishchi dasturlari) mavjud bo‘lib, ulardan fakultetdagi ta'lim-tarbiya jarayonida keng foydanilmoqda.

Kafedrada hozirgi kunda jami 18 nafar, asosiy shtatda 15 nafar professor - o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Shundan, jami fan doktorlari va fan doktorlari (DSc) 1 nafarni, fan nomzodlari va fan nomzodlari (PhD) hamda OAK dotsentlari 6 nafarni, ilmiy salohiyat 46,2% ni tashkil etadi.
Oxirgi uch yilda uch nafar professor – o‘qituvchilar: D.Mamatov, pedagogika fanlari bo‘yicha fan nomzodlari (PhD) nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilib fan nomzodlari (PhD) ilmiy darajasini oldi. Bundan tashqari ikki nafar professor-o‘qituvchilar: Ya.U.Ismadyarov, M.A.Ahmedoalar OAK dotsenti ilmiy unvoniga sazovor bo‘lishdi.
Oxirgi uch yilda Xorijiy OTMlar bilan almashuv dasturlarida bir qancha professor o‘qituvchilar ishtirok etishgan, xorijlik professor-o‘qituvchilar, jumladan: Latviya Respublikasi, Rezekne texnologiya akademiyasi professor-o‘qituvchilari Lyubkina Velta, Urcha Svetlana, Strods Gunars, Beinarovika-Litvinova Irena, Marzano Gilberto va boshqalar fakultetda ma’ruza o‘qishga jalb qilingan, Kafedraning professor-o‘qituvchilari, jumladan R.G.Isyanov, Ya.U.Ismadiyarov, Latviya Respublikasi, Rezekne texnologiya akademiyasida D.Mamatov Rossiyaning Kazan arxitektura va qurilish universitetida ma’ruza o‘tishgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari bir qancha xalqaro konferensiya va seminarlarda ishtirok etib 50 dan ortiq ma’ruza qilishgan.
Shu davr mobaynida kafedraning talabalaridan 1 nafari: X.Begiqulov, Navoiy nomli davlat stipendiyalari, 10 dan ortig`i respublika olimpiadalar hamda nufuzli tanlovlar sovrindorlari bo‘lishgan.
2018-yilning birinchi yarim yilligida kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan bir qancha xalqaro ilmiy jurnallarda, mahalliy ilmiy nashrlarda ilmiy maqolalar, monografiyalar chop etildi, darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashrdan chiqarildi. Jumladan, xalqaro ilmiy jurnallarda 15 ta, respublika ilmiy jurnallarida 23 ta maqola chop etildi, 1 ta monografiya, 1 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma nashrdan chiqarildi.

Kafedra o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini zamon talablari darajasida bajarishni ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatining barcha yo‘nalishlarini uzluksiz takomillashtirib borishga alohida e’tibor qaratgan. Fakultetning rivojlantirishning istiqbolli rejasidagi asosiy yo‘nalishlar quyidagi chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan.
Fakultetda "Manaviyat kuni" va “Axborot va murabbiylik soatlari” joriy etilgan.
Fakultet talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida O‘zbek Milliy akademik drama teatri bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Fakultet talabalari universitet miqyosida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha «Rektor kubogi» sport musoboqasida, «Quvnoqlar va zukkolar» tanlovida faxrli o‘rinlarni egallagan.
Universitet hovlisida, Muqimiy ko‘chasidagi Talabalar turar joylar majmuasi qoshida sport–sog‘lomlashtirish maydonchalar, universitet “Axborot-resurslar markazi”, kompyuter texnikasi bilan jihozlangan o‘quv zallari, universitet rektorat binosi qavatida “Universitet tarixi muzeyi” majmuasi faoliyat ko‘rsatadi.
O‘tgan yilda fakultetning iqtidorli talabalaridan Davlat stipendiatlar, respublika fan olimpiadalari va turli xil tanlovlar g‘oliblari bo‘lishgan.
Kafedrada ijodiy-ilmiy to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda.

To`garaklar

Umumkasbiy fanlarni o‘quv-uslubiy ta’minoti (Kasbiy-ilmiy)
Tikuv buyumlarini konstruksiyalash
Yosh rassom
Tasvir
Mo‘yqalam
Umumkasbiy fanlarni o‘quv-uslubiy ta’minoti (Kasbiy-ilmiy)
Yosh musavvir
To‘quvchilik

Kafedrada o`qitiladigan fanlar

1. 2-ot Metrologiya standartlashtirish va sertifikatsiya
2. BMI
3. Chizmatasvir va rangtasvir
4. Dizayn kreativlik
5. Dizayn nazariyasining metodologik asoslari
6. Dizayn tarixi
7. Dizayn va reklama
8. Dizayn: liboslar dizayni
9. Elektrotexnoka, radiotexnika va elektronika
10. Feshion menejment va marketing
11. Gidravlika va issiqlik texnikasi
12. Halq hunarmandchiligi
13. Hayot faoliyati xavfsizligi
14. Ilmiy innovatsion ishlarni joriy etish va tijoratlashtirish
15. IPI , ITI
16. Kasb ta'limi nazariyasi va metodikasi
17. Kasb ta`limi praktikumi
18. Kasb-hunarga yonaltirish
19. Kasbiy kompitentlik
20. Kompozitsiya asoslari
21. Kostyum dizayni
22. Kostyum kompozitsiyasi asoslari
23. Kostyum tarixi
24. Kreat. ped. tex
25. Касб таълими методикаси
26. M.T.T.M.A
27. Mahsulot tayyorlash texnologiyasi
28. Materiallarni kesib ishlash, kesuvchi asboblar va stanoklar
29. Materialshunoslik
30. Materialshunoslik va KMT
31. Mehnat muhofazasi
32. MeHnat ta'limi o`qitish metodikasi
33. Mexanizasiyalashtirish, avtomatlashtirish va robotexnika asoslari
34. MFO`M
35. Mutaxassislik fanlarini o`qitish metodikasi
36. Mетодика преродования предмета технологии
37. Narodnie promisli
38. Oziq ovqat tovarshunosligi va ovqat tayyorlash jarayoni
39. QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLARINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI
40. Standartlashtirish sertifikatsiya vametrologiya
41. STEAM va SMART таълим технологиялари
42. Tarbiyaviy ish metodikasi
43. Ta`lim texnalogiyalari
44. Texnik ijodkorlik va dizayn
45. Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash
46. Texnik mexanika
47. Texnologik ta'lim prognostikasi
48. Texnologik ta`limda to`garak sihlarini tashkil etish
49. Texnologiy fanini o'qitish metodikasi (6471)
50. Texnologiya fanini o`qitish metodikasi
51. TEXNOLOGIYA VA DIZAYN
52. Tikub buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish
53. Tikuv buyumlari texnologiyasi
54. Tikuvchilik ishlab chiqarish jihozlari
55. TMMBF
56. Trikotaj maxsulotlari dizayni
57. Uy ro‘zg‘or asoslari
58. Xalq Hunarmandchiligi va badiiy loyihalash
59. Xalq xunarmandchiligi
60. Ишлаб чикариш амалиёти
61. Механизациялаштириш, автоматлаштириш ва робототехника
62. народные промыслы и художественное проектирование
63. Рангшунослик инжиниринг
64. Технологи я таълими практикуми
65. Технологик жиҳозлар
66. Технологическое оборудование
67. услуга сервиса
68. Халқаро тадқиотлар ва таълимда инновацион таълим технологиялар
69. Электротехник технологик таълим практикуми

Kafedra a`zolari