Tasviriy san’at kafedrasi

O‘qish muddati: 4 yil - kunduzgi shakli (Bakalavriat) O‘qish muddati: 2 yil – mahsus sirtqi bo‘lim Magistratura: 5A110801- «Tasviriy va amaliy bezak san’ati». O‘qish muddati: 2 yil - ochnaya forma







Kafedra Kasb ta’lim fakultetining maxsus yetakchi kafedrasi xisoblanib, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlab berishga mas’ul bo‘lib, talabalarga qalamtasvir, rangtasvir, plastik anatomiya, tasviriy san’at tarixi, tasviriy san’at o‘qitish metodikeasi, akademik qalamtasvir, xaykaltaroshlik, dastgoxli rangtasvir va kompozitsiya, tasviriy san’at texnologiyasi va nusxa ko‘chirish kabi fanlardan nazariy va amaliy bilimlar beradi. Kafedra kuyidagi amaliyotlarga raxbarlik qiladi: * Tasviriy san’at bo‘yicha o‘quv amaliyoti (plener); * Pedagogik amaliyot; * Ilmiyg‘tadqiqot ishlar;






Kafedrada 11 professor-o‘qituvchi ilmiy-pedagogik faoliyat ko‘rsatmoqda: shulardan 1 pedagogika fanlari doktori, 2 pedagogika fanlari nomzodi, 3 O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining rassomlar uyushmasining a’zolari. Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalar bilan o‘quv, ilmiy-uslubiy, tarbiyaviy ishlar olib boradilar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarni amalga oshiradilar. Kafedra professor-o‘qituvchilari Xalqaro,Respublika miqiyoslarida tashkil etilayotgan ko‘gazmalarda va ilmiy, amaliy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedrada nafaqat ilmiy, ilmiy-uslubiy, tarbiyaviy ishlar olib boriladi, shuningdek tasviriy san’at soxasiga oid darsliklar, elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar tayyorlanadi. Kafedraning pedagoglari doimiy tarzda o‘z mutaxassislik malakalarini oshiradilar. Kafedrada xar yili muntazam ravishda «Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan Respublika fan olimpiadasi chiroyli an’anaga aylangan. Xar yili kafedra qoshida tashkil etilgan ilmiy va amaliy to‘garaklar talabalari xalqaro va respublika ilmiyg‘amaliy anjumanlarda va ijodiy ko‘rgazmalarda ishtirok etib sovrinli o‘rinlarga ega bo‘ladilar.






Kafedrada magistrlar bilan ishlash to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan. Magistrantlarga ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar dars o‘tish va ilmiy rahbarlik qilish uchun jalb qilingan. Pedagogik amaliyotni talabalar P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kolleji, Toshkent arxitektura-qurilish kolleji va Toshkent shaxar Yakkasaroy tumanidagi № 118 umumiy-o‘rta ta’lim maktabida o‘tadilar.













Kafedra qoshida tashkil etilgan badiiy ustaxonalarda qalamtasvir, rangtasvir, akademik qalamtasvir, xaykaltaroshlik, dastgoxli rangtasvir va kompozitsiya, tasviriy san’at texnologiyasi va nusxa ko‘chirish kabi fanlardan amaliy mashg‘ulotlar olib borilib unda talabalarning bitiruv malakaviy ishlar ximoyasiga va turli darajadagi Respublika ko‘rgazmalarida talabalarni ishtiroki tashkillashtiriladi. Shuningdek kafedrada muntazam ravishda yangi materiallar va jixozlar bilan to‘ldirilib boriladigan o‘quv-uslubiy fond mavjud. Kafedra mudiri, dotsent R. Sh. Xalilov

Tasviriy san’at va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi 1955-yil Fizika-matematika fakulteti qoshida tashkil etilgan. Rassom-pedagoglar Malik Nabiyev, Mannon Saidov, Kozim Eminov, Yusuf Yelizarov, Nikolay Bannikov, Nina Kovinina, Rо‘zi Choriyev, Tachat Oganesov, Nikolay Ten, Abdimumin Boymatov, Ne’mat Abdullayev,Yanis Salpinkidi, G.Abduraxmanovlarning ilk faoliyatidan boshlab kafedraning yuqori kasb mahoratga egaligi ma’lum bо‘ldi. Kafedra mudiri lavozimiga I.A.Yurovskiy tayinlangan. 1963-yildan kafedraga M. Nabiyev rahbarlik qilgan.Ushbu davrlarda talabalarni tasviriy san’at nazariyasi va tarixidan bilimini oshirish maqsadida Moskva va Leningrad shahridagi muzeylarga va Uzbekistonning qadimgi shaharlariga о‘quv ekskursiyalar tashkil etildi. 1977-yili Tasviriy san’at va chizmachilik kafedrasi qoshida ikkita kafedra tashkil etildi: "Qalamtasvir" va "Tasviriy san’at va chizmachilik" kafedralari. "Qalamtasvir" kafedrasining dotsent N.Z.Ten, "Tasviriy san’at va chizmachilik" dotsent A.Inog‘amov boshqardilar. 1991-yilda kafedra mudiri lavozimiga N. Abdullayev tayinlangan. 1997- yildan 2000-yilgacha kafedrani B.Baymetov boshqargan, 2000-yildan 2004-yilgacha kafedra mudiri dotsent U.Nurtayev bo`lgan. 2004-yildan 2007-yilgacha dotsent N.Tolipov, 2015-yildan hozirgi kunga qadar kafedrani dotsent R.SH.Xalilov boshqarib kelmoqda

Universitet binosi - 1970 yillar
Photo: © Universitet arhivi

Akademik Malik Nabiyevning 70 yoshlik yubileyidan lavha
Photo: © Universitet fotoarhivi

Tasviriy san’at va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi kunduzgi va maxsus sirtqi bо‘lim talabalari bilan ishlaydi. Kafedra pedagoglari kunduzgi va maxsus sirtqi talabalarning kurs loyihalari va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qiladilar. Kafedraning pedagogik faoliyati quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha amalga oshadi:
-Talabalarning ijodiy faoliyatini tashkil etish;
- plener amaliyotini tayyorlash va о‘tkazish va umumiy о‘rta ta’lim maskanida pedagogik amaliyotni tashkil etish va о‘tkazish.

Tasviriy san’at va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi tasviriy san’at о‘qituvchilarini tayyorlashda hamda о‘quv jarayonini ilmiy-metodik sifatini oshirishni ta’minlashga katta e’tibor beradi. Kafedra muntazam ravishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. Eksperimental tadqiqot materiallari turli darajadagi konferensiyalar, ilmiy maqolalar, tezislarda о‘z aksini topib kelmoqda. Kafedrada о‘quv qо‘llanmalar va darsliklar yozilib chop etiladi. Bu ilmiy tadqiqotlarning barcha natijalari jahon tasviriy san’ati va xususan О‘zbekiston san’ati rivojiga qaratilgan. Ilmiy tadqiqotlarning amaliy natijalari ijodiy kо‘rgazmalarda namoyish etiladi va rassom-pedagoglar va iqtidorli talabalarning ijodiy ishlari kataloglar va albomlar kо‘rinishida uz aksini topib kelmoqda. Kafedrada yetuk xorijiy oliy ta’lim muassasalar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarga alohida e’tibor berilgan. Kafedra professor-о‘qituvchilari va iqtidorli talabalar xorijiy oliy ta’lim muassasalarda malaka oshirishi, stajirovka о‘tashi va ta’limni davom ettirish imkoniyatiga egadirlar.

Tasviriy san’at va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi fakultet va universitetning madaniy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda. Kafedra pedagoglari va iqtidorli talabalar xalqaro va respublika ko`rgazmalarida muntazam ravishda ishtirok etib kelyaptilar.Kafedra milliy urf-odatlarni qadrlab, fakultet va universitetda nishonlanadigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Kafedra professor-о‘qituvchilari pedagog-veteranlarga hurmat va ehtirom ila kelajak yoshlarini yetuk ma’naviy jihatdan tarbiyalash maqsadida suhbatlar tashkil etib kelmoqdalar.

To`garaklar

Talabalarning kasbiy mahoratini yanada oshirish maqsadida Tasviriy san'at va uni o'qitish metodikasi qoshida bir necha yildirki «Musavvir», «Iste'dod», «Palitra», «Yosh san'atshunos» to'garaklari faoliyat ko'rsatib kelmoqda

Kafedrada o`qitiladigan fanlar

1. AKADEMIK QALAMTASVIR ASOSLARI sirtqi
2. Akademik rangtasvir
3. Akademik qalamtasvir asoslari
4. Amaliy bezak san'ati
5. Amaliy bezak san`ati kompozitsiyasi
6. Amaliy san`at Badiy bezak
7. Badiiy naqqoshlik
8. Bitiruv malakaviy ish
9. BMI
10. DASTGOHLI AKADEMIK RANGTASVIR ASOSLARI VA KOMPOZITSIYA sirtqi
11. Dastgohli akademik rangtasvir asoslari va kompozisiya
12. IPF va amaliyot
13. KOMPOZITSITA sirtqi
14. Kompozitsiya
15. KOMPOZITSIYA TS101
16. Kurs ishi
17. Mavzuli kompozitsiya
18. Mavzuli kompozitsiya
19. Mavzuli kompozitsiya
20. MD va ITI
21. Miniatyura
22. Mutaxasislik fanlarini o`qitish metodikasi
23. O'quv plener amaliyoti
24. O'quv plener amaliyoti
25. Pedagogik amaliyot
26. Plastik anatomiya
27. Qalam tasvir
28. Qalamtasvir
29. Qalamtasvir
30. Qalamtasvir
31. Qalamtasvir
32. QALAMTASVIR sirtqi
33. Qalamtasvir [10366 ]
34. Rangshunoslik
35. Rangshunoslik va kompozitsiya
36. Rangtasvir
37. RANGTASVIR sirtqi
38. Rangtasvir va kompozitsiya
39. Tasviriy san'at fanlarining zamonaviy tendensiyalari
40. Tasviriy san'at Kurs ishi
41. Tasviriy san'at terminologiyasi
42. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi [6492 ]
43. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasini o'qitishda texnologiya va loyixalashtirish
44. Tasviriy san'atni o'qitish metodikasi
45. Tasviriy san'atni o'qitish metodikasi (kurs ishi)
46. Tasviriy san`at tarihi
47. Tasviriy san`at va muhandislik grafikasini o`qitishda texnologiya va loyihalashtirish
48. Tasviriy va amaliy san'at o'qitishda zamonaviy texnologiyalar
49. Umumta'lim va kasb-hunar maktabl.tasv.san.fanl. oqitish metodikasi
50. Xaykaltaroshlik
51. Дастгохли рангтасвир
52. Танлов фан (миниатюра)
53. Тасвирий санъат технологияси ва нусха кўчириш

Kafedra a`zolari