Axborot texnologiyalari kafedrasi

Nizomiy nomidagi TDPU ilmiy kengashining Axborot texnologiyalari kafedrasi 2012 yil 29 avgustdagi 1/3.1-sonli qarori ijrosi va 10.09.2012 yil Nizomiy nomidagi TDPU 478-raqamli buyrug’i bilan Kasb-ta`limi fakultetida Axborot texnologiyalari kafedrasi tashkil etilgan.

Shu buyruqqa asosan kafedraga 2 ta bakalavriat ta`lim yo’nalishlari: 5111000-Kasb ta`limi (5330200-Informatika va axborot texnologiyalari); 5111000-Kasb ta`limi (5330400-Kompyuter grafikasi va dizayn) va 1 ta magistratura mutaxassisligi - 5A111001 Kasb ta`limi nazariyasi va metodikasi (Informatika va axborot texnologiyalari) biriktirilgan.





















2012 yildan boshlab kafedrani f.-m.f.n. Axmedov Odiljon Soxibjonovich, 2013 yildan p.f.n. Bakirova Albina Yunirovna, 2014 dan hozirgi kunga qadar kafedrani pedagika fanlari nomzodi Nabiulina Luiza Maxmudovna tomonidan boshqarib kelinmoqda.





Kafedra mudiri p.f.n. Nabiulina Luiza Maxmudovna

Kafedra mudiri p.f.n. Nabiulina Luiza Maxmudovna Xozirga kelib kafedrada 1 ta bakalavriat ta`lim yo’nalishlari: 5111000-Kasb ta`limi (5330400-Kompyuter grafikasi va dizayn) va 2 ta magistratura mutaxassisligi - 5A111001 Kasb ta`limi nazariyasi va metodikasi (Informatika va axborot texnologiyalari) hamda 5A111001 Kasb ta`limi nazariyasi va metodikasi (Kompyuter grafikasi va dizayn) tashkil qilingan. Kafedrada 10 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqdalar. Jumladan, p.f.d., prof. U.Sh.Begimqulov, p.f.n. L.M.Nabiulina, f-m.f.n., v.b. dotsent S.A.Alibekov, katta o‘qituvchi Sh.A.Abduraxmanova, O.E.Mamarajabov, S.J.Murodov, K.Z.Mamatkarimov. Z.R.Bakiyeva, R.M.Gatiyatullina, N.H.Raximova, M.R.Zakirovalar. Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan ta`lim yo’nalishlari bo’yicha 30 dan ortiq fanlardan darslar o’tib kelinmoqda.






Kafedra a’zolari Kafedrada «Sonlar olamiga sayohat MS Excel dasturi misolida», «Amaliy dasturlar yordamida loyihalash olami», «Rangli Adobe PhotoShop», «3D modellashtirish», «Kitobxonlik», «Rangli Adobe Illustrator», «Web master», «Yosh komputer ustasi», «Elektron ta’lim resurslarini yaratish texnologiyasi», «Talabaning ilmiy-tadqiqot ishi», «Vektorli grafika» nomli to‘garaklar tashkil qilingan.




















O’qituvchilarning olib borilgan to’garaklardan lavhalar Zamonaviy axborot texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan hozirgi kunda o‘qituvchilarning o‘z sohasini mukammal bilishlari va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishlari hamda ta’lim jarayoniga tadbiq etishlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘qituvchiga qo‘yilayotgan asosiy talablardan biri hisoblanadi. Kafedrada har o‘quv yili boshida guruh rahbarlari tomonidan ma’naviy va ma’rifiy ishlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlangan bo‘lib, kafedrada har bir guruh murabbiyi reja asosida ma’naviy va ma’rifiy isharni o‘tkazib kelmoqdalar. Bundan tashqari, respublika, Toshkent shahri, universitet va dekanat miqyosidagi turli ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Kafedrada o`qitiladigan fanlar

Kafedra a`zolari