Boshlang`ich ta`lim
Fakultet Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida 1935-yilda Pedagogika nomi bilan tashkil etilgan. 1957-yildan Pedagogika fakulteti boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarini tayyorlay boshladi.
Pedagogika va psixologiya fakulteti
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat dedagogika universitetining Pedagogika fakulteti 1935-yildan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Fakultetning birinchi dekani sifatida taniqli psixolog olim, professor P.I.Ivanov faoliyat yuritgan.
Fizika-matematika
Fizika–matematika fakulteti institut (universitet) tashkil topgan 1935-yilda 3ta fakultetning biri sifatida o'z faoliyatini boshlagan. 1968-yildan fizika va matematika fakultetlari alohida faoliyat yuritgan bo'lsa, 1999-yilga kelib yana fizika-matematika fakulteti sifatida ish boshladi.
Tabiiy fanlar fakulteti
"Tabiat - inson va butun mavjudotlar yashash sharoitining birdan bir asosidir"
Tarix fakulteti
Tarix fakulteti 1935-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyatini boshlagan. Fakultet tashkil topgandan buyon ta’lim tizimiga 15000 mingdan ortiq yuqori malakali tarixchi-pedagoglarni yetishtirib berdi.
Professional ta`lim
Mamlakatimizda fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi 1957-yilda umumiy о‘rta ta’lim maktablarida politexnik ta’limni joriy qilish zaruriyatini keltirib chiqardi. Shundan kelib chiqqan holda, о‘n yillik umumiy о‘rta ta’lim maktablarini politexnik ta’lim maktablariga aylantirishga qaror qilindi.
Harbiy ta’lim fakulteti
Harbiy ta’lim fakulteti Respublikamizda tayanch yo‘nalish hisoblanadi. Harbiy kafedra – bu Oliy ta’lim muassasalari rezervidagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv, tarbiyaviy, ilmiy-metodik ishlarni ta’minlaydigan asosiy o‘quv bo‘linmadir.
Maxsus pedagogika
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika fakulteti rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni tayyorlaydigan respublikadagi yagona fakultet hisoblanadi.
Innovatsion pedagogika
O'zbek-belarus qo'shma fakulteti 2018 yilda Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Fakultet ayni paytda uch yo'nalishda mutaxassislar tayyorlamoqda. Ular:Defektologiya (Logopediya)PsixologiyaMaktabgacha ta'lim
Sirtqi bo'lim
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, yoshlarga zamonaviy bilimlar berish orqali ularning intellektual salohiyatini oshirish, xalqaro maydonda munosib о‘rin egallashi uchun sharoit yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi.
Tillar fakulteti
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Tillar” fakulteti 80 yildan ziyod shonli davrni bosib o‘tdi va kelgusida ham o‘zining faoliyatini diqqatga sazovor muvaffaqiyatlar bilan davom ettirishga tayyor.
Maktabgacha ta`lim fakulteti
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 1935-yildan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlana boshlangan.
Musiqa madaniyati fakulteti
Musiqa ta’limi sohasida malakali kadrlar tayyorlash Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 1960-1961-o’quv yili Musiqa va ashula kafedrasining tashkil etilishi bilan boshlangan.