O‘qituvchining kasbiy pedagogik madaniyati: ta’lim faoliyatining tuzilishi, modeli va texnologiyasi” mavzusidagi VII Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.

2019-yil 16-aprel kuni Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy pedagogika” kafedrasining Belgorod Davlat Milliy ilmiy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikdagi “O‘qituvchining kasbiy pedagogik madaniyati: ta’lim faoliyatining tuzilishi, modeli va texnologiyasi” mavzusidagi VII Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyada TDPUda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy hodim izlanuvchilari, Tarmoq markazi tinglovchilari hamda Belgorod Davlat Milliy ilmiy tadqiqot universitetining olimlari o‘z ma’ruzalari bilan fikr almashdilar. Mazkur hamkorlikda amalga oshirilgan konferensiyada ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv, ta’lim taraqqiyotining tendensiyalari, pedagogning kasbiy faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan vazifalar haqida fikr almashildi. Onlayn konferensiyada Ergashev D.U., Ro‘ziyeva D.I., Tarabayeva V.B., Shexovskaya N. L., Isayeva N. I., Isayev I. F. o‘z ma’ruzalari bilan fikr almashdilar. Mazkur konferensiyadan olingan ma’lumotlar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan yosh tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlariga katta yordam beradi.