Saylovchilik bo'yicha targ'ibot uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi hamkorligida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti  O'zbek Belarus Innovatsion pedagogika qo'shma fakultetida  "Mamlakatimizda bo'lib o'tadigan saylovda yoshlarning faolligi va siyosiy savodhonligini oshirish" mavzusida targ'ibot uchrashuvi tashkil etildi. 

Tadbirda  "Saylov-2021" targ'ibot guruhi vakillari ishtirok etishdi. Saylovda ishtirok etish qoidalariga bag'ishlangan video-roliklar taqdimotining namoyishi ishtirokchilarning saylovga oid bilimlarini oshirdi. 

Undan so'ng, saylov qonunchiligi bo'yicha tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan ma'ruzalar qilindi. Saylov bo'yicha tashkil etilgan uchrashuvda faol ishtirok etgan talabalarga hamda birinchi marta  saylovda ishtirok etadigan talabalarimizga fakultet tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.