"Sening tashabbusing - sening kelajaging uchun" shiori ostida tadbir o'tkazildi

Kuni kecha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Xalqaro qizlar kuni” haftaligi doirasida xotin-qizlarning jamiyatda tutgan oʻrni va faoliyatini mustahkamlash, qizlariga boʻlgan eʼtiborni yuksak darajada ekanligini eʼtirof etish maqsadida  “Sening tashabbusing - sening kelajaging uchun” shiori ostida tadbir oʻtkazildi. 

Tadbirda Oʻzbekiston davlat satira teatrining aktrisasi Xuvaydo Jumayeva, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika va inklyuziv taʼlim fakulteti talabasi Shahnoza Samatova, Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti talabasi Madinabonu Maʼmirova hamda “Saodat” jurnalida faoliyat olib borayotgan Tillar fakulteti talabasi Gulsevar Umataliyevalar ishtirok etdi. 

Tadbir mehmonlari oʻz soʻzlarida qizlar odobi va ilm olishning ahamiyati, hamisha maqsad sari olgʻa intilish lozimligi, har bir yutuq zamirida uyqusiz tunlar va sermahsul mehnat samarasi ekanligi taʼkidlandi. Tadbir mehmonlari hayotiy voqealarni soʻzlab berish barobarida yutuqlar oʻz-oʻzidan erishilmaganligi, bu yoʻldagi qiyinchiliklarga ham duch kelganliklari va bu vaziyatlarni qanday yengib oʻtganliklari haqida gapirib talabalarga manaviy va ruhiy motivatsiya berdilar. 

Aktrisa Xuvaydo Jumayeva oʻz ijodidan namunalar koʻrsatdi.  Tadbir samimiy suhbatga aylanib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti talabasi Madinabonu Maʼmirova tomonidan kuylangan dil navolari tadbir ishtirokchilariga oʻzgacha kayfiyat ulashdi.