O'zbekiston qahramoni, akademik Shavkat Ayupov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

✅ Davlatimiz rahbarining matematika ta'limi va fanlarini yanada rivojlantirish bo'yicha imzolagan qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, yoshlarning ilmiy-intellektual ko'nikmalarini yanada oshirish, sohaning yetuk olimlari va talaba-yoshlar o'rtasida keng muloqotni yo'lga qo'yish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida O'zbekiston Qahramoni, akademik, matematik olim Shavkat Abdullayevich Ayupov bilan uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. 

✅ Uchrashuvni TDPU rektori Alisher Umarov yurtimiz matematika ta'limining, sohaning yetuk olimi Shavkat Ayupov hayoti va ilmiy faoliyatiga oid kirish so'zi bilan ochib berdi. 

✅ Shundan so'ng, Shavkat Ayupov matematika ilmiga oid o'z fikrlari, dunyoqarashi va bugungi kunda yurtimizda matematika sohasi uchun  yaratilayotgan imkoniyatlar, umuman o'z hayot yo'lini ilm yo'li bilan bog'lamoqchi bo'lganlarga qaratilayotgan ulkan e'tibor haqida so'z yuritdi. 

✅ Samimiy muloqot so'ngida talaba-yoshlar ustoz-olimga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va yetarlicha javoblarni olishdi.

✅ Matematika barcha fan va sohalarning, ayniqsa zamonaviy ilmlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyot, biologiya, raqamli iqtisodiyot va boshqa yo'nalishlarning asosiy, ajralmas bo'lagidir. Shu sababli ham bugun mamlakatimizda matematikaga qaratilayotgan e'tibor ulkan. Yoshlarimizning sohaga bo'lgan mehrlari, qiziqishlarini oshirish uchun soha mutaxassislari va olimlari bilan o'tkaziladigan yuqoridagi kabi uchrashuvlarning ahamiyati ulkan.

✅ Uchrashuvga oid jurnalistik videorolikni quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin.