TTJda yashayotgan talabalarga yaratilayotgan qulayliklar (ma'lumot uchun)

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalarga bir qancha yengilliklar yaratilgan. Masalan, universitet Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti taklifi asosida, universitet Ilmiy Kengashi tomonidan talabalarning 1 oylik TTJ ijara to'lovi (370 ming so'm) universitet byudjetdan tashqari jamg'arma mablag'lari hisobidan to'lab berilishi belgilangan. 

Shuningdek, ta’limda, ijtimoiy hayotda va TTJ hayotida faollik, namuna ko’rsatgan talabalarning qo'shimcha yana bir oylik ijara to'lovi (370 ming so'm) universitet tomonidan qoplab beriladi. 

Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro’yxatda turuvchi talabalarga TTJ to’lovlari uchun 50%lik (10 oylik to'lov uchun), imkoniyati cheklangan talabalarga esa 100%lik (10 oylik to'lov uchun)  chegirmalar beriladi.

Yuqoridagi ikki oylik ijara to'lovi chegirmasini ayirib tashlaganda, talaba umumiy hisobda (10 oy uchun) 2 million 960 ming so'm ijara to'lovi to'laydi. Bir so’z bilan aytganda faol, izlanuvchan va barchaga namuna bo’ladigan talaba-yoshlar uchun imtiyozlar yetarli darajada. 

Bir necha kun avval esa TTJda yashayotgan talabalarga yanada yengillik yaratish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda TTJlarga 60 ta muzlatgich20 ta kir yuvish mashinasi va 40 ta dazmol sovg'a qilindi.

Universitet talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalardan boshqa to'lovlar umuman talab qilinmaydi. Talabalar shaxsiy tashabbuslari orqali, faqat o'zlari uchungina foydali bo'lgan buyum yoki mahsulot sotib olishlari mumkin. 

Agar biror-bir ma'sul yoki xodim talabalardan yuqoridagi ma'lumotlarda keltirilgan miqdordan farqli ravishda yoki shaxsiy manfaatlari yo'lida moddiy-tovar buyumlari va pul mablag'larini talab qilsa, talabalar universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish va “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga murojaat qilishi mumkin.

Universitet talabalarning yoki xodimlarning qonunda belgilangan haq-huquqlarini poymol etilishiga sabab bo'ladigan har qanday salbiy jarayonlarga qarshi kurashadi.