Pedagogika universitetida tashkil etilgan saylov uchastkasi faoliyati xalqaro kuzatuvchilar tomonidan yuqori baholandi

✅ Avval ta'kidlaganimizdek, yurtimizning har bir hududida bo'lgani kabi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ham saylov uchastkasi faoliyati yo'lga qo'yildi. Ta'lim dargohi 322-saylov uchastkasi nomi ostida Chilonzor tumani "Naqqoshlik" mahallasidagi 2574 nafar saylovchilar, 58 nafar yurtimizning boshqa hududlaridan kelgan talaba-yoshlar uchun ovoz berish jarayonlarini tashkil etdi.

✅ Saylovlarda ilk bora ovoz berayotgan talaba-yoshlarimizga saylov uchastkasi raisi tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi. Saylov jarayonlarida qatnashgan universitet talabalarining kayfiyatlari a'lo darajada bo'ldi. 

✅ Saylov uchastkasi faoliyati bilan yaqindan tanishgan AQSh, Pokiston, Eron, Indoneziya, Malayziya, Latviya, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon kabi davlatlardan kelgan xalqaro kuzatuvchilar saylov jarayoni demokratik ruhda kechganini e'tirof etishdi. 

✅ Jarayonlarda hech qanday qonun buzilish holatlari, kamchiliklar kuzatilmaganligi esa tashkiliy jarayonlar a'lo darajada amalga oshirilganligining isbotidir.