RASMIY AXBOROT

Ba'zi onlayn nashrlar va ijtimoiy tarmoq sahifalarida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasiga tajovuz qilinganligiga oid xabarlar tarqaldi.

Ayni damda, TDPU rahbariyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda voqea yuzasidan o'rganish, surishtiruv ishlarini olib bormoqda. 

Vaziyat bo'yicha rasmiy munosabat va qo'shimcha ma'lumotlarni yaqin vaqtlar ichida berib boramiz. 

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talaba-qizlarni obro'si, sha'ni va nomusiga qarshi harakatlarni qoralaydi va bunday holatlarga qarshi kurashadi.

Holat yuzasidan xolis axborot tarqatish istagidagi har qanday OAVlar bilan yaqindan hamkorlik qilishga hamisha tayyormiz.