RASMIY XABAR

Universitetimiz talaba-qizlari!

Ta'lim dargohimizda, siz bilan bo'ladigan o'quv va ish munosabatlarida sizga kimdir tomonidan insoniy huquqlaringizga daxl qilinsa, sha'ningizga nisbatan nojo'ya xatti-harakatlar kuzatilganida, sizga noinsoniy yoxud noqonuniy bosim kuzatilganda @himoya_tdpu_bot  elektron manziliga xabar yo'llang.

Siz haqingizdagi barcha ma'lumotlar oshkor qilinishiga yo'l qo'yilmaydi. Sizning murojaatingiz xolis o'rganilib, sizga barcha zarur yordam va ko'mak ko'rsatiladi. Sizning insoniy huquqlaringiz buzilishida aybdor bo'lgan shaxslar keskin jazolanadi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti xotin-qizlar, opa-singillarimizning qadr-qimmati va nomusiga qarshi qaratilgan har qanday holatlar va ularni keltirib chiqarganlar bilan keskin kurashadi.