Magistratura mutaxassisliklariga qo'shimcha qabul haqida

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura mutaxassisliklarida qo'shimcha qabul asosida ta'lim olish istagida bo'lgan talabgorlar diqqatiga!

✅ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura mutaxassisliklariga qo'shimcha (oshirilgan to'lov-shartnoma asosida) qabul bo'yicha arizalar joriy yilning 9-11-noyabr kunlari, soat 09:00 dan, 17:00 ga qadar universitet Professional ta'lim fakulteti binosida qabul qilinadi. 

Professional ta'lim fakulteti manzil geolokatsiyasi

✅ Qo'shimcha ma'lumot uchun: +99898-115-93-39

✅ Ariza topshirish istagidagilar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan (passport) shaxsan o'zlari kelib yuqoridagi manzilda, belgilangan vaqt oralig'ida ariza yozib topshirishlari kerak bo'ladi.

✅ Arizalari OTM qabul komissiyasi tomonidan ijobiy qanoatlantirilgan abituriyentlar toʻlov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishining oxirgi muddati 2021-yil 20-noyabr.

✅ Eslatib o'tamiz, qo'shimcha qabul asosida magistratura mutaxassisliklarida ta'lim olish uchun ariza beruvchilar, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball toʻplagan bo'lishlari lozim. Ushbu ballni to'play olmaganlar ariza topshira olmaydilar.