"Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv tashkil etildi

Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida  talaba –yoshlar bilan  uchrashuv bo’lib o’tdi.

Tadbirda universitet prorektori Feruza Madrahimova, O‘zbekistor  Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Ilhom Ma’rupov, O‘zbekiston Manaviyat va ma'rifat markazi mas’ul xodimi Feruza Muhiddinova, O‘zbekistor  Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bosh mutaxassisi Ulug'bek Sultonov ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida, bugungi kunda yoshlar ongiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi mafkuraviy tahdidlar va ularni oldini olish masalalari haqida atroflicha tushunchalar berib o’tildi. Ma'naviy barkamollikka eltuvchi yo'ldagi eng asosiy sifatlar va jihatlarga oid tajribaviy-tavsiyaviy xarakterdagi ma'lumotlar ishtirokchilarda qiziqish uyg'otdi.

Tadbir so’ngida, talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddi vakillar atroflicha, hayotiy misollar asosida javob berib, o‘z tavsiya va maslahatlarini berib o‘tishdi.