Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bо‘lib о‘tdi

2021-yil 25-noyabr kuni onlayn formatda (Zoom platformasida) "Maktabgacha ta’limda bolani psixologik-pedagogik qо‘llab-quvvatlash: nazariya va amaliyot uyg‘unligi" mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bо‘lib о‘tdi. (BGPU)

Ushbu konferensiyada Ismoilov Omilxon Shukurillayevich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, TDPU "Innovatsion pedagogika" О‘zbekiston-Belarus qо‘shma fakulteti dekani о‘z tabrik sо‘zi bilan qatnashib, О‘zbekistonda mazkur sohani rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini mazmun va mohiyatini tushuntirib berdi. Toshkent Konferensiyada 4-kurs talabalari Sagdullayeva G. va Xalilova G. ham qatnashdilar.