"Yangi O'zbekiston Uchinchi renessans ostonasida" kitobining mualliflari bilan uchrashuv o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi O'zbekistonni barpo etish g'oyasi va Uchinchi Renessans asosini yaratish borasidagi tashabbusi bugun realikka ko'cha boshladi. Mamalakatimizda yangi o'sish va rivojlanish bosqichiga ko'tarilish borasida belgilab olingan strategik yo'li haqida chop etilgan “Yangi O'zbekiston Uchinchi Renessans ostonasida” kitobi jamoatchilikda katta qiziqish uyg'otmoqda. Shu munosabat bilan bugun Toshkent davlat pedagogika universitetida “Yangi O'zbekiston Uchinchi Renessans ostonasida” nomli kitobi mualliflaridan biri Bakriddin Zaripov va universitet rektori Qirgʼizboyev Abdug'affor hamda universitet professor-o'qituvchilari va talabalari ishtrokida ijodiy uchrashuv o`tkazildi. Uchrashuvda kitobning mazmun mohiyati ishtirokchilarga yetkazildi. Kitobdagi Prezidentimiz ilgari surgan g'oyalarning ahamiyati haqida fikrlar va mulohazalar almashildi.