Universitet prorektorlarining hisoboti tinglandi

Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida soha prorektorlarining 2021 yilda amalga oshirilgan ishlari va 2022 yilga mo'ljallangan ustuvor vazifalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilish karantin qoidalariga to'liq rioya qilingan holda tashkil etildi.

Yig'ilishda universitet rektori Abdug'affor Qirg'izboyev, barcha prorektorlar, bo'lim boshliqlari, fakultet dekanlari, dekan o'rinbosarlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.

Yig'ilish davomida universitet prorektorlari tomonidan yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy, o'quv, ilmiy, xalqaro va moliyaviy sohada amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.