Aziz Rajabiy bilan online ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 27-yanvar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Musiqa madaniyati fakulteti va Yunus Rajabiy uy muzeyi bilan hamkorlikda serqirra ijodkor, sohirnafas honanda, Rajabiylar sulolasining va estradamizning yorqin vakili Aziz Rajabiy bilan online ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda professor-o‘qituvchilar, talabalar, musiqa ixlosmandlar, xotin-qizlar qo‘mitasi va bir nechta boshqa oliygoh talabalari ham ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida O‘zbekiston xalq xofizi, ustoz san'atkor Hasan Rajabiyning ishtiroki va go‘zal hirgoyisi o‘zgacha shukh bag‘ishladi. Uchrashuv yakunida Hasan Rajabiy barcha tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirib, keyingi ijodiy uchrashuvni Yunus Rajabiy uy muzeyida o‘tkazish taklifini berdi.