2022-yil 27-yanvar kuni Toshkent davlat pedagogika universitetining navbatdagi Ilmiy kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi

Kun tartibi bo'yicha universitet Ilmiy kengashi tarkibiga o‘zgartirish kiritish haqida kengash kotibi S.To’rayev axboroti tinglandi. Shuningdek, - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at Kengashining 2021-yil 28-dekabrdagi 8-son majlisida ko‘rilgan masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlari ijrosi; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son farmoni ijrosi bo‘yicha universitetda qilinayotgan ishlar taxlili: - Fakultetlarda ta’limni kredit modul tizimi asosida tashkil etilishi xolati, taxlil natijalari va bosbo'yicha axborotlar tinglandi. Ilmiy kengashda Ilmiy daraja va unvon olganlar universitet professor-o'qituvchilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Bu haqda keyingi postlarda e'lon qilinadi.