BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ!

Toshkent davlat pedagogika universiteti Professional ta'lim fakulteti Muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda 1-kurs magistlari bilan hamkorlikda 10-sonli TTJ da talabalar o'rtasida "Biz korrupsiyaga qarshimiz!" mavzusida tadbir tashkillashtirildi. Professor-o'qituvchilar so'zga chiqib korrupsiyaning oqibatlari haqida keng tushunchalar berishdi. Korrupsiya jinoyati og'ir ekanligi, bunga yo'l qo'yganlarga jazo muqarrarligi tushuntirilib, talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxasislar tomonidan javob berib o'tildi.