Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti professor-о‘qituvchilari Toshkent shahridagi 22-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar

Toshkent davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti professor-о‘qituvchilari Toshkent shahridagi 22-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar. Tashrif chog‘ida fakultet xotin-qizlar kengashi raisi S.Shoaxmedova tomonidan tashkil etilgan “Mohir qо‘llar” tо‘garagi faollari tomonidan tengdoshdan-tengdoshga tamoyili asosida daraxt shoxlaridan bahoriy gullar yashash texnologiyasi о‘rgatildi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari fakultet professor-о‘qituvchilari va tengdoshlariga о‘z minnatdorchiligi bildirib, kelgusida Maxsus pedagogika fakultetiga о‘qishga kirish orzusi bor ekanligini bayon etishdi. Qizg‘in suhbat ila tashkil etilgan tadbir о‘quvchi yoshlar-qalbida ezgulik va samimiy mehr ila muhrlanib qoldi. Shuningdek, Chilonzor tuman hokimiyati tomonidan tashkil etilgan sahovat dasturxoni va kuy-qо‘shiqlar bolajonlarga olam-olam quvonch baxsh etdi.