238-sonli umum ta’lim maktabi 11-sinf o’quchilari uchun universitet bilan tanishuv “ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

2022-yil 9-mart kuni Uchtepa tumani 238-sonli umum ta’lim maktabi 11-sinf o’quchilari kasbga yo’naltirish loyihasi asosida maktab psixologi bilan TDPU ga tashrif buyurishdi. Nizomiy nomidagi TDPU Ijtimoiy-gumanitar yo’nalishlarida xorijiy tillarni o’qitish kafedrasi va 238-sonli umum ta’lim maktabi bilan hamkorlik ishlari doirasida universitet bilan tanishuv “ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi va universitet bo’ylab ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiya davomida universitet fakultetlari va yo’nalishlari, axborot-resurs markazi va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Kafedrada tashkil etilgan suhbat jarayonida kafedra professor-o’qituvchilari maktab o’quvchilarining qiziqtirgan savollariga javob berishdi va TDPU qoshida tashkil etilgan “Ilm - Ziyo” tayyorlov kursi ingliz tili darslari va to’garaklarga taklif qilishdi.