Geografiya va uni o’qitish metodikasi va Biologiya va uni o'qitish metodikasi kafedrasi professori oʻqituvchilari Chilonzor tumanidagi 232- maktabga tashrif buyurishdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Geografiya va uni o’qitish metodikasi va Biologiya va uni o'qitish metodikasi kafedrasi professori oʻqituvchilari Chilonzor tumanidagi 232- maktabga biriktirilgan. Belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2022-yil 15-mart kuni maktabning bir qator sinflarida geografiya va biologiya fanlari o'qituvchilarini reja asosida darslarini tahlil qilindi. Dars natijalari o'qituvchilarning dars jarayonidagi yutuqlari hamda kamchiliklari muhokama qilindi. Har bir fan o'qituvchilariga tegishli tartibda tavsiyalar berildi. Shuningdek, maktab o’qituvchilari bilan ham darslarda o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga imkon beradigan innovatsion texnologiyalar haqida ma'lumotlar berildi.