10-sonli talabalar turar joyida ijodiy suhbat tashkil etildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Professional ta'lim fakulteti 21-mart Navro‘z bayrami munosabati bilan 10-sonli talabalar turar joyida Milliy rassomlik va dizayn Instituti bilan hamkorlikda Teatr bezagi rangtasviri kafedrasi o'qituvchilari B.Ilyasov va O'.Isirgapov ishtirokida ijodiy suhbat tashkil etildi. Qizg'in o'tgan suhbat davomida mutaxassislar rassomchilikka oid yangi ma'lumotlarni talabalarga yetkazish bilan birgalikda ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob berib o‘tishdi. Barchada ko'tarinki taassurot qoldirgan bunday ijodiy suhbatlar muntazam ravishda davom etadi.