
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 7- va 10- sonli talabalar turar joylariga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov tashrif buyurdi. Uchrashuvda talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari, to'garaklar faoliyati, ularning IT, til va kasb-hunar o'rganish masalalari o'rganildi. Talabalarning takif va murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot uyushtirdi. Vazir bilan uchrashuvda talaba yoshlar tomonidan ko’plab foydali tashabbus va g’oyalar ilgari surildi. Shunigdek, vazir TTJda yaratilgan shart sharotilar bilan yaqindan tanishib chiqdi. Hozirgi kunda universitetda 22 mingga yaqin talaba bo'lib, ularning 12 ming nafardan ortig'i kunduzgi yo'nalish talabalaridir. Shulardan 1640 nafar talaba TTJda istiqomat qiladi. Ular yaratilgan barcha sharoitlardan, xususan oshxona, kutubxona, kir yuvadigan mashina, kompyuter xonalardan samarali foydalanib kelishmoqda.