Barcha OTMlarda talabalar turar joylari faoliyati o‘rganilmoqda, navbat TDPUga

Oliy ta’lim muassasalari Talabalar turar joylarida ijtimoiy-ma’naviy muhit holatini o‘rganish va uning faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 14 martdagi 94-sonli buyrug‘ining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Ishchi guruh a’zolari Jizzax politexnika instituti birinchi prorektori S.Eshbekova va JDPI Ma’naviyat bo‘lim boshlig‘i A.Pardaboyev Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalar turar joylari faoliyati bilan tanishdilar. O‘rganish davomida universitetning 5, 7, 8, 9, 10-sonli TTJlaridagi ma’naviyat xonasi, kutubxona, sport zal, oshxona, yashash xonasi, kir yuvish xonasi va boshqa xonalar ko‘zdan kechirildi.