She’riyat kechasi

2022-yil 25-mart kuni “Rossotrudnichestvo” muassasasida Nizomiy nomidagi TDPU Rus adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi ishtirokida zamonaviy she’riyatga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Nizomiy nomidagi TDPU va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU talabalari O‘zbekistonning taniqli shoirlari Nikolay Ilyin, Aleksey Kirdyanov, Natalya Beloyedova, Farhod Yunusov, Andrey Pavluk she’rlaridan baxramand bo‘lishdi. Shoirlarning chiqishlaridan so‘ng zamonaviy dunyoda she’riyatning roli, O‘zbekiston shoirlarining ijodi, she’riy san’atni rivojlantirish istiqbollari haqida bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Nizomiy nomidagi TDPU talabalari munozarada faol ishtirok etib, shoirlarga savollar berib, o‘z fikrlarini bildirdilar. Munozara yakunida shoirlar yaqin vaqt ichida pedagogika universitetiga tashrif buyurib, TDPU iqtidorli talabalari ishtirokida she’riyat kechasini tashkil etishga qaror qilindi.