Tyutorlar tomonidan ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari o'rganilmoqda

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tyutorlari tomonidan ijara asosida yashovchi talabalarning turar joylardagi hayoti o'rganilmoqda. Xususan, ijarada istiqomat qilayotgan talabalarga xonadonlarida gaz va elektr moslamalaridan to'g'ri foydalanish borasida ma'lumotlar berilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, talaba-yoshlar istiqomat qilayotgan hududlaridagi mahalla fuqarolar yig'ini ma'sullari, jamoatchilik vakillari bilan ham suhbatlar olib borilib, talabalarga ko'mak va yordam berish bo'yicha hamkorlikda ishlashga kelishildi.