Pedagogika universitetida Muhammadali Eshonqulov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan tashkil etilgan "Ilm nuri" loyihasi doirasida "Yuksalish liderlar akademiyasi" rahbari Muhammadali Eshonqulov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Bugungi qahramonimiz - 15 yoshda talaba bo‘lgan yurtdoshimiz Muhammadali Eshonqulovning TDPU talabalari bilan suhbati juda mazmunli o'tdi. Suhbat davomida u talabalarning doimiy harakatda bo'lishlari va bilim olishlari uchun namuna bo'luvchi qator tarixiy hikmatlardan misollar keltirdi. Uchrashuv so'ngida Muhammadali Eshonqulovga universitet rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi. Qaysi kasbni tanlashingiz emas, tanlagan sohangizda mukammal bo'lishingiz muhimroq.