Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyati bilan tanishdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev tashrif buyurdi. Tashrif davomida universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev mehmonga universitetdagi o‘quv, ilmiy, ma’naviy, xalqaro aloqalar bo‘yicha faoliyat tanishtirib o‘tdi. Xususan, Ulug‘bek Tashkenbayev ta’lim sifati, o‘quv laboratoriyalari, ilmiy va innovasion yo‘nalish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini qanday tashkil etilishi bilan tanishdi. Mazkur jarayonda talabalar uchun yaratilgan shart sharoitlar, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati, professor-o‘qituvchilarning dars jarayonlariga yondashuvi bilan bog‘liq qator masalalarga e’tibor qaratildi. Tashrif davomida fakultetlardagi dars jarayonlari bilan tanishib, talabalar bilan muloqot tashkil etildi.