Xalq ta’limi vaziri Toshkent davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi

Kuni kecha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov tashrif buyurdi. Tashrif davomida vazir pedagog kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblangan Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyati bilan tanishdi. Xususan, universitetning o‘quv va ma’naviy faoliyati, pedagog kadrlar tayyorlashda ta’lim sifati, o‘quv jarayonlari va talabalarga yaratilgan sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha faoliyat bilan tanishdi. Respublikamizda yosh malakali, kuchli salohiyatga ega pedagog kadrlarni yetishtirib chiqarish va ularni umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ishga jalb qilish yuzasidan fikrlar almashildi.