Mehribonlik uyiga tashrif

2022-yil 6-may kuni Toshkent davlat pedagogika universiteti ijtimoiiy-gumanitar yo’nalishlarda xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili o’qituvchisi Dildora Ruzmetova va ushbu universitet o’qituvchisi Lola Muxamedovalar O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligiga qarashli Toshkent shahar 22-sonli A.P. Xlebushkina nomidagi Mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi. O’quv yillining yillik reja asosida tashkil qilingan navbatdagi ingliz tili fani to'garagi mashg’ulotlari qiziqarli o’yinlar va ko’rgazmalar orqali olib borildi. Tarbiyalanuvchilar Abubakr, Muhammadjon, Dilshod va Sevaltlar barcha mashg’ulotlarda faol qatnashib ingliz tiliga bo’lgan qiziqishlarini namoyon qilishdi.