“Tabiiy fanlar o‘qitishning samarali usullari va vositalari” mavzusida davra suhbat bo'lib o'tdi

2022-yil 18-may kuni T.N.Qori Qori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, professor X.I.Ibraimov va “Tabiiy fanlarni o‘qitish texnologiyalari” bo‘limi mudiri L.Qoraxonova, institut tayanch doktoranti J.Mamatovlar reja asosida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrifdan maqsad “Tabiiy fanlar o‘qitishning samarali usullari va vositalari” mavzusida davra suhbati hamda ochiq darslarni kuzatish, shuningdek, "Kasblar haftaligi" munosabati bilan 11- sinf oʻquvchilari bilan kasblar haqida suhbat oʻtkazishdan iborat bo‘ldi. Tabiiy fan yo‘nalishidagi fan o‘qituvchilari va umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf oʻqivchilari oʻzlarining qiziqtirgan savollarriga javob olishdi. Tadbir davomida kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalarningbajarilishi bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.