TDPUda o'tkazilgan anjuman Turkiya Respublikasi OAVlarida yoritildi

Joriy yilning may-iyun oylarida "Turkiya va O'zbekiston universitetlari o'rtasida ta'lim dasturlari almashinuvi kunlari" loyihasi boshlandi. Loyiha doirasida joriy yilning 19-may kuni geografiya fanidan Turkiya davlat Burdur Mehmet Akif Ersoy va Gazi universitetlari hamkorlikda oliy ta'lim tizimini mazmunan va shaklan zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish maqsadida "Buyuk ipak yo'li - xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan ushbu anjuman Turkiya Respublikasi OAVlarida yoritildi.