Universitetimiz rektori Abdug'affor Qirg'izboyev boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Qozon shahridagi Qozon federal universitetida rasmiy uchrashuvda ishtirok etmoqda

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdug'affor Qirg'izboyev boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Qozon shahridagi Qozon federal universitetida rasmiy uchrashuvda ishtirok etmoqda. Ushbu uchrashuvda ikkala oliy ta'lim muassasasi o'rtasidagi o'zaro hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash va istiqboldagi rejalar belgilandi. Shuningdek, ikki tomon o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.