Kechki ta'lim yo'nalishi talabalari bilan uchrashuv o'tkazildi

Joriy yilning 24-26 may kunlari uch kun davomida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining kechki ta'lim yo'nalishining barcha talabalari bilan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha ochiq muloqot shaklida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda universitet birinchi prorektori Feruza Madraximova va kechki ta'lim yo'nalishi bo'lim boshlig'i Nusrat Alimqulovlar ishtirok etishdi. Uchrashuv jarayonida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olidilar. Taklif, muammo va murojaatlar shu yerning o'zida mutasaddilar tomonidan tegishli tartib asosida o'z yechimini topdi. Shuningdek, kechki ta'lim yo'nalishi talabalari o'rtasida turli xil ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ko'rik tanlovlar, "Zakovat" intellektual o'yinlari va sport musobaqalari o'tkazilishi rejalashtirildi.