Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyaga 12 nafar talabalar munosib deb topildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi “Atoqli adiblar va mutafakkirlar ijodiy merosini talaba-yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish va Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 502-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 2-sentyabrdagi 458-sonli buyrug‘i bo‘yicha Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyasi ta’sis etilgan. O'tgan o'quv yilida 6 nafar talabalarimiz stipendiant bo'lgan edilar.

 

Bu yilgi tanlov universitet rektorining 2022-yil 20-apreldagi 123-U sonli buyrug‘i asosida Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyasi Nizom talablari asosida o‘tkazildi.

 

Tanlov bo‘yicha tuzilgan Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov ishtirokchilarining uch bosqichda (test, hujjatlari to'plami va suhbat) shaklida o‘tkazildi va tanlov g‘oliblari aniqlandi hamda universitet Kengashi tomonidan tasdiqlandi.

 

Natijalariga ko‘ra, Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyaga quyidagi 12 nafar talabalar munosib deb topildi.

  

1. Komiljonova Nozima – Tarix fakulteti talabasi;

 

2. Axmedova Gulnoza – Xorijiy tillar fakulteti talabasi;

 

3. Inomalieva Zilola –  Tillar fakulteti talabasi;

 

4. Mirzaxmedov Ulug‘bek – Musiqa madaniyati fakulteti talabasi;

 

5. Samandarova Nozima – Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi;

 

6. Botirxonova Umidaxon – Pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi;

 

7. Aliqulova Laylo –  Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti talabasi;

 

8. Mahmudov Ruslan – Fizika-matematika fakulteti talabasi;

 

9. Abdiraximova Yulduzxon - Maktabgacha ta’lim fakulteti talabasi;

 

10. Yusupova Sarvinoz –  Tabiiy fanlar fakulteti talabasi;

 

11. Po‘latov Jalil – Harbiy ta’lim fakulteti talabasi;

 

12. Rahimov G‘ayrat – Magistratura ta'lim yo'nalishi talabasi.

 

G'oliblarni universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!