Davlat boshqaruv Akademiyasida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, mustaqillik yillaridagi keng ko‘lamli islohotlar, qabul qilingan qonunlar hamda ularning jamiyat farovonligini ta’minlash, insonlar hayotini yaxshilashda tutgan o‘rni va ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha Davlat boshqaruv Akademiyasida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarda respublikamiz oliy ta’lim muassasalarining rektorlari qatorida universitetimiz rektori Abdug'affor Qirg'izboyev ishtirok etdi.